Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2017-yilda 260 km avtomobil yo'llari quriladi va ta'mirlanadi

14844 6-Yanvar, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya Dasturi to'g'risida"gi qaroriga asosan joriy yilda mamlakatimiz bo'yicha jami 260 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari yangidan quriladi yoki rekonstruktsiya qilinadi.

Shuni aytib o'tish kerakki, bu – faqatgina 2017-yilda topshiriladigan ob'ektlar hajmi hisoblanib, ayrim hududlarda keyinchalik ham qurilishi davom ettiriladigan avtomobil yo'llari bor.

Masalan, Qarorga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasida 22 km, Buxoro viloyatida 12 km, Jizzax viloyatida 16 km, Qashqadaryo viloyatida 54,8 km, Navoiy viloyatida 3 km, Namangan viloyatida 41,5 km, Samarqand viloyatida 10 km, Surxondaryo viloyatida 65,7 km, Sirdaryo viloyatida 5 km, Toshkent viloyatida 25 km, Farg'ona viloyatida esa 5 km avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilinib, lozim bo'lganda qaytadan qurilib, shu yilning o'zida topshiriladi. Andijon va Xorazm viloyatlaridagi hamda boshqa viloyatlarning hozir sanab o'tilgan hajmlarga kirmagan rekonstruktsiya va qurilish ishlari esa keyingi yillarda ham davom ettiriladi.

Yuqoridagi maqsadlar uchun joriy yilda 1 trillion 550 milliard so'm miqdoridagi mablag'lar Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi hisobidan yo'naltirilishi mazkur Qarorda belgilab qo'yilgan.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali