2017-2018 yillar yakunlariga ko'ra Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining asosiy faoliyati bo'yich ko'rsatkichlari to'g'risida taxliliy ma'lumot.
T/r | Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar | O'lchov birligi | 2017 yil yakunida amalda | 2018 yil yakunida amalda | 2017 yilga nisbatan (%) |
---|---|---|---|---|---|
Bajarilgan ish xajmi, jami | mlrd.so'm | 2036,2 | 3173,2 | 155,8 | |
shu jumladan: | |||||
1 | Investitsiya dasturi bo'yicha | mlrd.so'm | 617,7 | 857,9 | 138,9 |
km | 364,4 | 281,5 | 106,5 | ||
2 | To'la ta'mirlash ishlari | mlrd.so'm | 222,2 | 391,9 | 176,4 |
km | 140,0 | 145,3 | 103,8 | ||
3 | Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash | mlrd.so'm | 367,8 | 380,5 | 103,5 |
km | 3240,4 | 3245,6 | 100,2 | ||
4 | Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari | mlrd.so'm | 828,5/td> | 1542,9 | 186,2 |
km | 2858,0 | 3252,0 | 113,8 | ||
5 | Sanoat ishlab chiqarish xajmi | mlrd.so'm | 365,5 | 380,5 | 104,1 |
6 | Yangi ishjoylarini yaratish | kishi | 331 | 1366 | 412,7 |
7 | Qora metall chiqindilarini topshirish | tonna | 15970,0 | 15981,0 | 100,1 |
Qo'mita
tizimidagi korxona va tashkilotlarda 2018 yil davomida Investitsiya dasturiga asosan
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 857,9 mlrd. so'mlik qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ko'rsatkich 2017 yilning 2018
yilga nisbatan 138,0 foizni tashkil etadi.
Bundan
tashqari to'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida
391,9 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilga nisbatan
176,0 foizni tashkil qiladi.
2017-2018 yillarning yakunlariga
ko'ra asosiy faoliyat ko'rsatgichlarining
taqoslama diagrammasi
2018 yil yakuni bo'yicha Respublikamizdagi 3245,6
km
mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlandi.Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida
194,1km, Andijonda 323,5 km,
Buxoroda 222,3
km, Jizzaxda 186,1
km, Qashqadaryoda 327,0 km, Navoiyda 193,2 km, Namanganda 270,2 km,
Samarqandda 311,1 km, Surxandaryoda 371,1 km, Sirdaryoda 185,7
km Toshkent viloyatida 185,4 km,
Farg'onada 267,6
km,
Xorazmda 128,2
km
hamda Toshkent shahrida 70,2 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviy
ichki yo'llar ta'miri hajmi o'tgan yilgi darajada qolib, kamaeshga yo'l
qo'yilmadi.
2018
yil yakuniga ko'ra mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash (hududlar kesimidagi diagramma)
2018 yil
davomida Respublika
bo'yicha avtomobil yo'llarida 42695 km uzunlikdagi
yo'llardan 1542,9 kmdan iborat qismida
joriy ta'mirlash ishlari amalga
oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa 2017 yiliga qaraganda 186,2 foizni tashkil etadi.
Qo'mita tizimidagi korxonlar tomonidan 2018 yilda 380,5 mlrd.
so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Mazkur ko'rsatkich 2017 yilga
nisbatan 104,1 foizni tashkil etganligini
ko'rsatadi.
Tizim korxonlari tomonidan 2018 yilda 1366
ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
Bu ko'rsatkich esa
2017 yilining mos ravishdagi tegishli davriga qaraganda
qariyb to'rt baravar
ortib, 413,0
foizni tashkil etadi.
Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirish
ko'rsatkichi 2018 yilda 15981
tonnani tashkil etadi. Bu qariyb
o'tgan yilgi darajada qolib, kamayishga yo'l qo'yilmagan.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining 2018 yilda – umumiy
bajarilgan ishlar xajmi – 3173,2 mlrd. so'mlikdan
iborat. Bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan bir yarim baravardan ziyodga oshib, 155,8 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.