2018 -2019 yillar I -yarim yillik yakunlariga ko'ra Avtomobil yo'llari qo'mitasining asosiy faoliyat ko'rsatkichlari to'g'risida taxliliy MA'LUMOT
T/r | Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar | O'lchov birligi | 2018 y I-yarim yillik amalda | 2019 y I-yarim yillik amalda | 2018 yilning I-yarim yillikka nisbatan(%) |
---|---|---|---|---|---|
Bajarilgan ish xajmi, jami | mlrd.so'm | 1102,4 | 1883,3 | 170,8 | |
shu jumladan: | |||||
1 | Investitsiya dasturi bo'yicha | mlrd.so'm | 218,7* | 600,9* | 274,8 |
km | 97,7 | 98,6 | 100,9 | ||
2 | To'la ta'mirlash ishlari | mlrd.so'm | 82,7 | 199,5 | 241,2 |
km | 21,5 | 85,5 | 397,7 | ||
3 | Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash | mlrd.so'm | 124,91 | 326,8 | 261,6 |
km | 1342,7 | 2277,0 | 169,6 | ||
4 | Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari | mlrd.so'm | 676,1 | 656,1 | 111,8 |
km | 1275 | 1144 | 89,7 | ||
5 | Yangi ishjoylarini yaratish | kishi | 232 | 280 | 120,7 |
6 | Qora metall chiqindilarini topshirish | tonna | 8792 | 8801 | 100,1 |
Bundan tashqari to'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 199,5 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilining I –yarim yillikka nisbatan 241,2 foizga oshgan.
2018-2019 yillarning I-yarim yillik yakunlariga ko'ra asosiy faoliyat ko'rsatgichlarining taqoslama diagrammasi
2019 yilning I –yarimyillik yakunlari bo'yicha Respublikamizdagi 2277 km mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlandi. Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 141,1 km, Andijonda 315,7km, Buxoroda 129,0 km, Jizzaxda 89,1 km, Qashqadaryoda 173,1 km, Navoiyda 227,6 km, Namanganda 238,2 km, Samarqandda 238,2 km, Surxandaryoda 147,0 km, Sirdaryoda 121,8 km,Toshkent viloyatida 119,3 km, Farg'onada 296,8 km, Xorazmda 129,8 km hamda Toshkent shahrida 32,1 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviy ichki yo'llar ta'miri hajmi esa o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan 169,5 foizni tashkil etadi.
2019 yil I-chorak yakuniga ko'ra mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash (xududlar kesimidagi diagramma)
2019yil I–yarim yillik davomida Respublika bo'yicha avtomobil yo'llarida 42695 km uzunlikdagi yo'llardan 756,1 kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa 2018 yilining I –yarim yillikka qaraganda 111,8 foizni tashkil etadi.
Tizim korxonlari tomonidan 2019 yil I –yarimyillikda 280 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2018 yilining mos ravishdagi tegishli davriga qaraganda 120,0 foizni tashkil etadi.
Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirish ko'rsatkichi 2019 yil I –yarim yillikda 8801 tonnani tashkil etadi. Bu – qariyb o'tgan yilgi darajada qolib, kamayishga yo'l qo'yilmagan.
Xulosa qilib aytganda, Avtomobil yo'llari qo'mitasining 2019 yil I–yarim yillikda –umumiy bajarilgan ishlar xajmi – 1883,3 mlrd. so'mlikdan iborat. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning I–yarim yillikka nisbatan 170,8 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.