2019 yil yakuniga ko'ra Avtomobil yo'llari qo'mitasining asosiy faoliyat ko'rsatkichlari to'g'risida taxliliy MA'LUMOT
T/r | Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar | O'lchov birligi | 2018 yil amalda | 2019 yil amalda | O'tgan yilga nisbatan (%) |
---|---|---|---|---|---|
Bajarilgan ish xajmi, jami | mlrd.so'm | 3531,2 | 4233,9 | 119,9 | |
shu jumladan: | |||||
1 | Investitsiya dasturi bo'yicha | mlrd.so'm | 686,5 | 1158,1 | 168,7 |
km | 96,3 | 101,4 | 105,3 | ||
2 | To'la ta'mirlash ishlari | mlrd.so'm | 392,2 | 415,8 | 105,7 |
km | 82,7 | 86,7 | 104,8 | ||
3 | Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash | mlrd.so'm | 909,6 | 1283,3 | 141,1 |
km | 6485,1 | 7543,4 | 116,3 | ||
4 | Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari | mlrd.so'm | 1542,9 | 1376,7 | 89,2 |
km | 3252,0 | 3350,0 | 103,0 | ||
5 | Yangi ishjoylarini yaratish | kishi | 1366 | 373 | 27,3 |
6 | Qora metall chiqindilarini topshirish | tonna | 15981,0 | 15003,0 | 94,0 |
Qo'mita tizimidagi korxona va tashkilotlar 2019 yil davomida Investitsiya dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 1158,1 mlrd. so'mlik qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ko'rsatkich 2018 yilning xuddi shu davriga nisbatan 168, 7 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari to'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 415, 8 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilga nisbatan 105, 7 foizga oshgan.
2019 yil yakuni bo'yicha Respublikamizdagi 7543,4 km mintaqaviy avtomobil yo'llari ta'mirlandi. Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 551,5 km, Andijonda 584,6km, Buxoroda 485,3 km, Jizzaxda 442,6 km, Qashqadaryoda 588,5 km, Navoiyda 504,7 km, Namanganda 553,4 km, Samarqandda 609,2 km, Surxandaryoda 626,7 km, Sirdaryoda 437,5 km, Toshkent viloyatida 684,3 km, Farg'onada 540,4km, Xorazmda 642,7km hamda Toshkent shahrida 292,0 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviy ichki yo'llar ta'miri hajmi esa o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan 116,3 foizni tashkil etadi.
2019 yil yakuniga ko'ra mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash (xududlar kesimidagi diagramma)
2019
yil davomida Respublika bo'yicha avtomobil yo'llarida
42695 km
uzunlikdagi yo'llardan 3350,0 kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu
esa 2018 yilga qaraganda 103,0 foizni tashkil etadi.
Tizim korxonlari tomonidan 2019 yilda 373 ta yangi ish o'rinlari
yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2018 yilining mos ravishdagi tegishli
davriga qaraganda 27,3 foizni tashkil etadi.
Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirish ko'rsatkichi 2019 yilda 15003
tonnani tashkil etadi. Bu esa o'tgan yilga qaraganda 94,0 foizni tashkil
etadi.
Xulosa qilib aytganda, Avtomobil
yo'llari qo'mitasining 2019 yilda – umumiy bajarilgan ishlar
xajmi – 4233,9 mlrd. so'mdan iborat.Bu ko'rsatkich o'tgan yilga
nisbatan 119,9 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.