2018 yil 9 oylik yakunlariga ko'ra Avtomobil yo'llai davlat qo'mitasining asosiy faoliyat ko'satkichlari to'g'risida taxliliy ma'lumot.
T/r | Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar | O'lchov birligi | 2017 y 9 oylik amalda | 2018 y 9 oylik amalda | 2017 yilning 9 oylikka nisbatan(%) |
---|---|---|---|---|---|
Bajarilgan ish xajmi, jami | mlrd.so'm | 1223,6 | 1908,0 | 155,9 | |
shu jumladan: | |||||
1 | Investitsiya dasturi bo'yicha | mlrd.so'm | *373,1 | *534,9 | 143,4 |
km | 161,6 | 165,2 | 102,2 | ||
2 | To'la ta'mirlash ishlari | mlrd.so'm | 136,2 | 227,6 | 167,1 |
km | 134,0 | 137,4 | 102,5 | ||
3 | Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash | mlrd.so'm | 232,5 | 255,0 | 109,7 |
km | 2180,0 | 2321,0 | 106,5 | ||
4 | Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari | mlrd.so'm | 481,7 | 890,5 | 184,9 |
km | 2120,0 | 2950,0 | 139,2 | ||
5 | Sanoat ishlab chiqarish xajmi | mlrd.so'm | 206,2 | 265,7 | 128,9 |
6 | Yangi ishjoylarini yaratish | kishi | 297 | 579 | 195,0 |
7 | Qora metall chiqindilarini topshirish | tonna | 12778,0 | 12815,0 | 100,3 |
* Xalqaro moliya institutlari mablag'lari hisobiga, xorijiy pudrat korxonalari tomonidan bajarilgan ish hajmi bilan birga.
Qo'mita
tizimidagi korxona va tashkilotlarda 2018 yilning 9
oy davomida Investitsiya dasturiga
asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 534,9 mlrd. so'mlik qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ko'rsatkich 2017 yilning xuddi
shu davriga nisbatan 143,4 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari to'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 137,4 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilining 9 oyligiga nisbatan 167,1 foizni tashkil qiladi.
2017-2018 yillarning 9 oylik yakunlariga ko'ra asosiy faoliyat ko'rsatgichlarining taqoslama diagrammasi
2018 yilning 9 oylik yakunlari bo'yicha Respublikamizdagi
2321 km mintaqaviy avtomobil yo'llarini
ta'mirlandi.Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 119,0 km, Andijonda
248,4 km, Buxoroda 170,2
km, Jizzaxda 129,2
km, Qashqadaryoda 216,7 km, Navoiyda 155,3 km, Namanganda 200,4 km,
Samarqandda 216,0 km, Surxandaryoda 276,8 km, Sirdaryoda 100,9 km Toshkent viloyatida 154,5 km, Farg'onada 195,8 km, Xorazmda 101,0 km hamda Toshkent shahrida 36,8 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida ta'mirlash ishlari olib borildi.
Mintaqaviy ichki yo'llar ta'miri hajmi esa o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan 106,5 foizga
oshgan.
2018
yil 9 oylik yakunlariga ko'ra mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash (hududlar kesimidagi diagramma)
2018 yil
9 oydavomida Respublika
bo'yicha avtomobil yo'llarida 42695 km uzunlikdagi
yo'llardan 890,5 kmdan iborat qismida
joriy ta'mirlash ishlari amalga
oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa 2017 yilining 9 oyligiga qaraganda 184,9 foizni tashkil etadi.
Qo'mita tizimidagi korxonlar tomonidan 2018 yil 9 oyligida 265,7 mlrd.
so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Mazkur ko'rsatkich 2017 yilining
9 oyligiga nisbatan 128,9 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.
Tizim korxonlari tomonidan 2018 yil 9 oyligida 579 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2017 yilining mos ravishdagi tegishli
davriga qaraganda qariyb ikki baravar ortib,195,0 foizni tashkil etadi.
Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirish
ko'rsatkichi 2018 yil 9 oyligida 12815 tonnani
tashkil etadi. Bu qariyb o'tgan yilgi
darajada qolib, kamayishga yo'l qo'yilmagan.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining 2018 yil 9 oyligida
– umumiy bajarilgan ishlar xajmi – 1908,0
mlrd. so'mlikdan iborat. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning 9 oyligiga nisbatan bir
yarim baravardan ziyodga oshib, 155,9 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.