Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Afg'oniston poytaxti Kobul shahridan Toshkentga ilk bor to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnov amalga oshirildi

11112 30-Noyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 22 Kb)


Ushbu voqea O'zbekiston – Afg'oniston hamkorlik munosabatlarini kengaytirish yo'lidagi sa'y-harakatlarning amaliy ifodasi bo'ldi. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik va yaxshi qo'shnichilik tamoyillariga asoslangan rishtalar turli yo'nalishlarda rivoj topmoqda. Xususan, O'zbekiston Afg'onistonda qurilish, energetika, tog'-kon sanoati va ta'lim sohalaridagi loyihalarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etmoqda. 

O'tgan yillar davomida "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan Hayraton – Mozori Sharif temir yo'l liniyasi qurib, foydalanishga topshirilgan edi. Kobul – Toshkent yo'nalishida aviaqatnovning yo'lga qo'yilishi mamlakatlarimiz logistika salohiyatini oshirish, fuqaro aviatsiyasi bo'yicha hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

"O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi bo'lim boshlig'i Nodir Ayupov. – Ushbu yo'nalishda uchish yo'lovchilar uchun har tomonlama qulay bo'lib, ham vaqt, ham sarmoya tejaladi. 

Kobul – Toshkent yo'nalishi bo'yicha ilk parvozni Afg'onistonning "Kam air" aviakompaniyasi amalga oshirdi. Yangi qatnov ikki mamlakat aviakompaniyalari uchun hamkorlikning yangi ufqlarini ochdi. Kelishuvga ko'ra, "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar maktabida afg'onistonlik uchuvchilarning havo kemalarini boshqarish bo'yicha o'quvi tashkil etiladi. "Uzbekistan airways technics" aviakorxonasida "Kam air" samolyotlariga texnik xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yiladi. 

Afg'onistondan Toshkentga aviaqatnovlar haftasiga ikki kun, zamonaviy laynerlarda amalga oshiriladi. Aviareyslar vaqtini belgilashda "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi samolyotlarining Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarga qatnovlar jadvali inobatga olingan. Bu Afg'onistondan parvozni amalga oshirgan yo'lovchilarning O'zbekiston orqali Yevropa shaharlariga uchishi uchun qulaylik yaratadi. O'zbekistonning tarixiy shaharlari – Samarqand, Buxoro va Urganch yo'nalishidagi parvozlar oralig'ida mutanosiblik mavjudligi afg'onistonlik yo'lovchilarning O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishlariga ham imkon beradi. 

O'zA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali