Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"Amu-Buxoro" kanali ustida yangi ko'prik

17034 2-Fevral, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 289 Kb)


Xalqaro ahamiyatdagi A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 184-kilometrida, "Amu-Buxoro" kanali ustida qisqa muddatlarda yangi va zamonaviy ko'prik bunyod etilmoqda. 

Ma'lumki, joriy yilning iyul oyida mazkur hududdagi eski, 1961 yilda qurilgan ko'prikning bir qismi qulab tushgan, bu haqda bir qancha OAVda xabar berilgan edi. 

Yangi ko'prikning loyihaviy jarayonlari o'tgan yilning iyul oyidayoq boshlangan bo'lib, uning qurilishi Qashqadaryo ko'prik xo'jaligini saqlashga ixtisoslashgan ta'mirlash-foydalanish korxonasiga topshirildi. Aytish kerakki, umumiy uzunligi 72,5 metr bo'lgan yangi ko'prik ikki tomonlama qatnov qismiga ega bo'lib, har bir qismining eni 10 metrdan ortiq bo'ladi. Bundan tashqari har ikkala tomonda ham eni qariyb bir yarim metrdan iborat 2 ta piyodalar o'tish yo'laklari qurilmoqda. 


Loyihachi va quruvchilar ko'prikning zamonaviy hamda har tomonlama chidamli bo'lishiga ahamiyat berganlari holda, uning tayanch qirg'oqlariga 72 dona beton qoziqlar, o'rta tayanch qismlariga esa har birining uzunligi 14 metrdan iborat 104 dona metall quvurlar o'rnatishmoqda.

"Bundan tashqari qurilayotgan ko'prikni mavjud asosiy yo'lga bog'lash maqsadida – Buxoro tomonidan 247 metr, Qarshi tomonidan esa 178 metr uzunlikdagi yangi asfaltbeton yo'l ham qurilmoqda. Qurilish ishlari uchun 40 ga yaqin ishchi-xizmatchilar, haydovchi va mexanizatorlar kunu tun mehnat qilishmoqda", - deydi ko'prikni qurayotgan korxona rahbari Kamoliddin Mahkamov.


Yangi ko'prikning umumiy loyihaviy qiymati 11 milliard 800 million so'mdan ortiq bo'lib, u - Navro'z bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi mo'ljallanmoqda.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali