Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Andijon tomonlarda...

10897 17-Yanvar, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 395 Kb)


Andijonlik yo'lsozlar ham o'tgan 2016 yilni sarhisob qilar ekanlar, bu borada erishilgan sezilarli natijalar va raqamlarni keltirish mumkin. 

O'tgan yil davomida mazkur avtomobil yo'llarining talay qismida qurilish va ta'mirlash, aksariyatida esa saqlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martdagi "2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to'g'risida"gi PQ-2313 sonli qaroriga asosan A373 "M39 avtoyo'li-Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon va Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining 450-475 km qismida, ya'ni bu uchastkaning 9 km qismida asos tayyorlash va lotok montaj qilish, 11 km qismida quyi va yuqori qatlam asfalt-beton qoplamasini yotqizish, piyodalar yo'laklarini qurish, 6,5 km qismida esa yoritish tizimi o'rnatish ishlari bajarildi. 


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 apreldagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy foydalanishdagi xalqaro va daqlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llarini to'la ta'mirlash dasturi"ga asosan esa Andijon viloyatining markaziy qismidan o'tgan 4R 17D "Andijon shahriga kirish" avtomobil yo'lining 10,5-12 km qismida ham ancha ishlar bajarildi. Ya'ni asosiy yo'lning - viloyat teleradiokompaniyasidan Cho'lpon bog'igacha qismida asfaltbeton qoplama yotqizish, yoritish tizimi, piyodalar yo'lagini qurish ishlari tugatildi. Cho'lpon bog'i qayta foydalanishga topshirilishi munosabati bilan ushbu yo'ldagi halqa yo'li qayta asfaltlashtirilib, obodonlashtirildi. Shu kabi obodonlashtirish ishlari shaharning Mustaqillik ko'chasida (1,5 km yo'lga qayta asfal yotqizilishi) va boshqa ob'ektlarda ham davom etdi.


Ma'lumot o'rnida: Viloyatdagi umumiy foydalanuvda bo'lgan 2463 km avtomobil yo'lining 103 km qismi - xalqaro ahamiyatga molik, 800 km - davlat ahamiyatidagi hamda 1560 km qismi esa - mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo'llari hisoblanadi. Mazkur yo'llarning 2438 kilometri yoki 99 foizi takomillashtirilgan qoplamalarga ega. Viloyatdagi avtomobil yo'llariga "Andijonavtoyo'l" hududiy yo'llardan foydalanish tashkilotiga qarashli 14 ta tuman yo'l korxonalari tarkibidagi 40 ta yo'l bo'limi orqali xizmat ko'rsatiladi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali