Asosiy maqsad - yo'llar ravonligi
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimidagi asosiy pudrat tashkilotlaridan biri – "Avtomagistral" unitar korxonasidir. Mazkur korxona faoliyatiga nazar tashlar ekansiz, poytaxt va Respublikamizdagi ta'mirlangan va qayta qurilgan yo'llarning salmoqli qismi mazkur korxona hissasiga to'g'ri keladi.
Mazkur korxona tomonidan amalga oshirilgan avtomobil yo'llaridagi so'nggi ishlardan biri – poytaxtdagi markaziy kщchalardan biri – Maxtumquli ko'chasidagi ta'mir jarayonlaridir. Yo'lovchilarga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida ko'chaning 1 115,5 metr bo'lgan qismi ta'mirlanib, 37 871 kvadrat metr maydonga 5 426 tonna asfalt-beton qorishmasi yotqizildi.
Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Toshkent Botanika bog'ining yo'laklari to'liq ta'mirlanib, umumiy maydoni 54 793 kvadrat metr maydonga 7 580 tonna asfalt-beton qorishmasi yotqizildi.
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi
matbuot xizmati