Qiziqish bildirish uchun so'rovnoma Tashqi moliyaviy audit bo'yicha konsultant xizmatlari
Loyiha raqami |
53312-001 |
Loyiha nomi |
Milliy avtomobil yo'llarini rivojlantirish loyihasi |
Topshiriq nomi |
Loyiha hisobini tekshirish uchun tashqi auditor |
Mamlakat |
O'zbekiston Respublikasi |
O'zbekiston Respublikasi hukumati "Milliy
avtomobil yo'llarni rivojlantirish" loyihasi xarajatlarini qoplash uchun
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) qarz mablag'laridan moliyalashtirishga ariza
bergan va ushbu qarz mablag'larining bir qismini ushbu loyiha doirasida
moliyaviy audit bo'yicha konsultant xizmatlari xaridi uchun yo'naltirishni
ko'zda tutgan. O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari qo'mitasi Loyihani
amalga oshirish guruhi (Buyurtmachi) orqali mustaqil auditor tashkiloti (Auditor)
tomonidan OTB ishtirokidagi loyihaning yillik moliyaviy hisobotini tekshirish
uchun har yili tashqi audit o'tkazishini talab qiladi. Ushbu xizmat 3 yillik
davrni qamrab oladi.
Auditorning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat,
ammo ular bilan cheklanmaydi:
(i) ular tomonidan ko'rib chiqilgan moliyaviy hisobot haqiqiy va ob'ektiv
tomonlama taqdim etilganligini, loyihaning kelishilgan hisob siyosatiga,
mahalliy talablarga muvofiq tayyorlanganligi va ularni tartibga soluvchi
organlarga muvofiqligi to'g'risida oqilona ishonchni ta'minlash;
(ii) muntazamlik, to'g'rilik va moliyaviy nazorat risklarini aniqlash, baholash
va o'rganish va muhim kamchiliklar to'g'risida hisobot berish; (iii)
loyiha(lar) boshqaruvini, jumladan moliyaviy menejment, nazorat va hisobotni
takomillashtirishga yordam beradigan konstruktiv tavsiyalar berish; (iv) OTB
tomonidan moliyalashtiriladigan investisiya loyihalarini moliyaviy boshqarish
va menejmenti uchun loyihaning kelishilgan hisob siyosatiga va boshqa
ko'rsatmalarga muvofiq loyiha(lar) doirasida qo'llaniladigan siyosat, protseduralar,
rejalar va shakllarni yig'ish va tahlil qilish; (v) sifat va texnik topshiriqqa
muvofiqligi nuqtayi nazaridan buyurtmachi va OTBga maqbul bo'lgan yakuniy
auditor hisoboti va rahbariyatga xat taqdim etish.
O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi ayni paytda tegishli konsultant
tashkilotlarni (konsultantlarni) loyiha hisobini auditorlik tekshiruvidan
o'tkazish uchun tashqi audit xizmatlarini ko'rsatishga qiziqish bildirishga
taklif qilmoqda. Qiziqish bildiradigan konsultantlar xizmatlarni taqdim etish
uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi
ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak.
Konsultantlarni qisqa ro'yxat uchun tanlash mezonlari
quyidagicha:
I. Boshqaruv kompetentsiyasi. Konsultantlarning sifat
nazorati, loyiha boshqaruvni muvofiqlashtirish, shuningdek, boshqaruv
yondashuvi va metodologiyasi bo'yicha qobiliyati va malakalari (maksimal
ball=15);
II. Texnik kompetentsiya. Maslahatchining umumiy va
mazkur topshiriqqa o'xshash ish tajribasi (maksimal ball=70);
III. Geografik kompetentsiya. Konsultantning
O'zbekiston va MDH mamlakatlaridagi ish tajribasi, shuningdek uning doimiy
ishtirokini ta'minlash maqsadida mahalliy ofisining mavjudligi (maksimal
ball=15).
Xizmatlar haqida batafsil ma'lumot OTBning Konsultantlarni
boshqaruv tizimidagi (CMЅ) Konsultant xizmatlarini jalb qilish to'g'risidagi xabarnomaga (CSRN)
ilova qilingan texnik topshiriqda keltirilgan.
Konsultantlar o'zlarining qiziqish bildirishnomalarini
alohida tashkilot sifatida yoki qo'shma korxona yoki sub-konsultant shaklida
taqdim etishlari mumkin. Qo'shma korxonaning hamma a'zolari barcha vazifani
bajarish uchun birgalikda va alohida javobgar bo'ladilar. Biroq, qisqa
ro'yxatni tuzishda sub-konsultantning tajribasi hisobga olinmaydi.
Konsultant 2017 yil OTB qarz oluvchilari uchun xarid
qoidalarida (tovarlar, ishlar, konsalting va boshqa (konsalting bo'lmayogan)
xizmatlar) belgilangan eng past moliyaviy taklifni tanlab olish uslubiga
muvofiq tanlanadi.
Qiziqish bildirishnomalari 2022 yilning 18 noyabriga
qadar CSRN (www.csrn.adb.org) ko'rsatmalariga muvofiq OTBning CMS tizimi
(www.cms.adb.org) orqali taqdim etilishi kerak.
Qiziqish bildirishnomasining qismi sifatida
konsultantlar o'zlariga tegishli ma'lumotlarini OTBning CSRNga kiritishlari
lozim.
Qo'shimcha ma'lumotni quyida ko'rsatilgan manzildan
olish mumkin:
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68
Telefon: (99871) 268-99-68
Elektron manzil: surkhandarya.project@gmail.com