Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish: holati va istiqbollari" mavzusidagi konferensiya ishchi guruhi yig'ilishi

10546 19-Aprel, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 26 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari Qo'mitasining 2016 yilga mo'ljallangan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari Dasturiga muvofiq "Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish: holati va istiqbollari" mavzusidagi konferentsiya o'zkazish rejalashtirgan. Shu munosabat bilan joriy yilning 13 va 18 aprel kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida "Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish: holati va istiqbollari" mavzusidagi konferentsiya o'zkazish rejalashtirgan. Shu munosabat bilan ushbu tadbirni o'zkazish va unga tayyorgarlik ko'rish masalalariga bag'ishlab ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Ishchi guruh a'zolari mazkur konferentsiyaga tayyorgarlik ko'rish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi hamda shu yuzasidagi qonun va qonunosti hujjatlari bazasini takomillashtirish maqsadida bir qator takliflar bilan ishtirok etishdi va bu takliflar qizg'in muhokamaga sabab bo'ldi. Xususan, tadbirda yo'lovchilarning hayoti, sog'ligi va mol-mulkini, jamoa xavfsizligini ta'minlash, yo'l transporti hodisalarining oldini olish va ulardan himoyalanish bo'yicha shahar va shahar atrofi yo'nalishlarida transport xizmati ko'rsatishni takomillashtirish, haydovchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish bo'yicha doimiy nazorat o'rnatilgani ta'kidlandi.

Ishchi guruh yig'ilishida avtomobil yo'llari va shahar ko'chalarining nosoz xududlarini, bekatlarni ta'mirlash, yo'l belgilari, birinchi darajali to'siqlar o'rnatish bo'yicha kamchiliklarni bartaraf etish ishlari bajarilishini doimiy nazoratga olish IIB YXXB, davlat yo'l idoralari va komunnal xo'jaliklariga yuklatilganligi qayd etildi. 

O'zbekiston avtomobillarida halqaro tashuvlarni kengaytirish, bu yo'nalishda xizmat ko'rsatadigan transport korxonalari bilan bog'liq muammolari, takliflari va sohani takomillashtirish hamda O'zbekiston Respublikasining "Avtomobil transporti to'g'risida"gi qonuni va qonunosti hujjatlariga o'zgartish, qo'shimchalar kiritish yuzasidan takliflar eshitildi. Jumladan, avtomobil transport sohasini avtomobil yo'llarisiz tasavvur etib bo'lmasligidan kelib chiqqan holda, konferentsiya ishchi guruhi tarkibidagi "O'zavtoyo'l" AK vakillari ham bu borada o'zlarining taklifi bilan chiqishdi. Xususan, soha mutaxassislari tomonidan respublikaning iqlim sharoitidan kelib chiqib, avtomobil yo'llaridan oqilona foydalanish hamda ularni texnik soz holatda saqlashni ta'minlash maqsadida og'ir yukli transport vositalarining harakatini cheklash bo'yicha qonunosti hujjatlarini yanada takomillashtirish, bu borada xalqaro tajribani chuqur o'rganish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.  

Shuningdek, yig'ilish davomida aholi va tashkilotlarga hamda yuk tashuvchi transport xizmati ko'rsatuvchi korxona rahbarlari, harakat xavfsizligini ta'minlovchi mas'ul xodimlarning malakasini oshirish masalalariga ham kelishib olindi.

Mazkur konferentsiyaga tayyorgarlik ko'rish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi hamda shu yuzasidan qonun va qonunosti hujjatlari bazasini takomillashtirish to'g'risida fikr-mulohazalar bildirildi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali