Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Avtomobil yo'llari Davlat qo'mitasi raisi va raisning birinchi o'rinbosari tayinlandi

31347 18-Mart, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 22 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 18 martdagi PF-4991-sonli Farmoni bilan Abdurahmon Abduvaliev O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi etib tayinlandi.

Abdurahmon Abdulhaevich Abduvaliev ayni paytga qadar Avtomobil yo'llari qurish va foydalanish davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi ("O'zavtoyo'l" DAK) boshqaruvi raisi sifatida faoliyat ko'rsatib kelgan edi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi Farmoni bilan "O'zavtoyo'l" DAK faoliyati tugatilib, uning negizida Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tashkil etildi.

O'zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan yana bir hujjat, ya'ni 2017 yil 18 martdagi PQ-2846-sonli qaroriga binoan Shuhrat Nazarov O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.

Shuhrat Baxtiyorovich Nazarov ayni paytga qadar "O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvi raisi o'rinbosari sifatida faoliyat ko'rsatib kelgan.

Prezidentning 2014 yil 14 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori bilan tasdiqlangan qo'mita tashkiliy tuzilmasiga asosan, yangi tashkil etilgan qo'mita raisining birinchi o'rinbosari - moliya-iqtisodiyot, iqtisodiy tahlil va istiqboldagi rivojlanish, sanoatni rivojlantirish, xalqaro aloqalar hamda tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariga rahbarlik qiladi.

"O'zavtoyo'l" matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali