Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Avtomobil yo'llari qo'mitasi yoshlar masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda

15-Aprel, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 182 Kb)

Avtomobil yo'llari qo'mitasi yoshlar masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda

Ishga joylashtirish, yoshlar bandligi – bu davlat ahamiyatiga molik masala, chunki aynan yoshlar mamlakat kadrlar salohiyatini tashkil qiladi. Yoshlar bandligini ta'minlash davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining dolzarb va uzoq muddatli vazifasi sanaladi.


Bugungi kunda inson salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish ko'p jihatdan yoshlar mehnatidan foydalanish har bir sohasidagi milliy strategiyaga bog'liq.

Yoshlar – bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi ular faoliyatining boshlang'ich sharoitlariga bog'liqligi bilan belgilanadi.


Ishlab chiqarish tashkilotlarida yaratilgan boshlang'ich sharoitlardan xabardor qilish, bitiruvchi yoshlarni ishga joylashishida ko'maklashish, qolaversa, yo'l sohasida olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini talabalarga yetkazish maqsadida 14 aprel kuni Toshkent davlat transport universitetida Avtomobil yo'llari qo'mitasi va uning tizim tashkilotlari hamda universitet talabalari bilan "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" doirasida talabalarni yo'l sohasida olib borilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish hamda bitiruvchi yoshlarni ishga jalb qilishda hamkorlik masalalarida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Yo'l ho'jaligi sohasida olib borilgan ishlar, yoshlarga berilayotgan alohida e'tibor va ularga yaratib berilayotgan qator imkoniyatlar haqida so'zlab berilib, talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.


Uchrashuv yakunida sohaga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan va o'qish davomida o'z faolligi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan 50 nafar talaba yoshlarga Qo'mita tomonidan esdalik sovg'alar bilan ulashishdi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali