Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Avtomobil yo'llari qo'mitasida —O'quv – seminar bo'lib o'tdi

3387 26-Avgust, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 390 Kb)


Ayni vaqtda, Avtomobil yo'llari qo'mitasida, soha xodimlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni ijrosi yuzasidan "Avtomobil yo'llari va sun'iy inshootlarida zilzilabardoshlik talablari va zilzilaning oqibatlarini o'rganish, uning zararini kamaytirish yo'llari" mavzuida o'quv-amaliy mashg'ulot seminari bo'lib o'tmoqda.


Seminarda Avtomobil yo'llari qo'mitasining mas'ul xodimlari, yo'l tashkilotlari va korxonalari mutaxassislari ishtirok etishdi. Soha xodimlariga zilzila va uning oqibatlari, uning kelib chiqish sabablari haqida ma'lumot berish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi G'.Mavlonov nomidagi seysmologiya instituti mutaxassisi M.Mirzaev, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T.O'razboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti mutaxassisi N.A.Nishonovlar hamda Toshkent shahar Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari taklif etilgan. 


Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan seysmik xavfsizlik bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoning mazmun-mohiyati hamda zilzila va uning kelib chiqishi sabablari to'g'risidagi ilmiy qarashlar, zilzila ta'rifi, gipotsentr, epitsentr, zilzilaning chuqurligi, yerning ichki tuzilishi va O'zbekiston hududi uchun seysmik xavf haqidagi tushunchalar hamda 1966 yil 26 aprel kuni Toshkent shahrida qayd etilgan 8 ballik zilzila haqida ma'lumotlar berildi. 


Shuningdek, seminarda fuqarolarni zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to'g'ri harakatlanishga tayyorlash haqida tadbir ishtirokchilariga o'zlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berishdi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Axborot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali