Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Avtomobil yo'llari qo'mitasida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi

2827 13-Fevral, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 1613 Kb)


Avtomobil yo'llari qo'mitasida 2021 yil 13 fevral kuni videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.


Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-6155-son Farmonida belgilangan vazifalar bo'yicha Avtomobil yo'llari qo'mitasida bajariladigan ishlari ko'rib chiqildi.

Mazkur Farmonning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalarni o'z muddatida to'g'ri va sifatli bajarishni tashkil etish maqsadida joriy yil 10 fevral kuni Davlat Rahbari boshchiligida "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari"gi bag'ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig'ilishi o'tkazilganligi, unda har bir vazirlik va idoralar hamda hokimliklar tomonidan birinchi navbatda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar, jumladan, yo'l xo'jaligi sohasiga oid qator islohotlarni hamda amaliy ishlarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.


Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-6166-son Farmoniga muvofiq Avtomobil yo'llari qo'mitasi tizimida ijro intizomi holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarga oid masalalar muhokama qilindi.

O'z navbatida qo'mita rahbariyati tomonidan mazkur topshiriqlardan kelib chiqib, 2021 yilda qilinishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi va yo'l xaritasi ishlab chiqildi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali