AVTOMOBIL YO'LLARI QO'MITASINING 2021 YILDAGI FAOLYATI TO'G'RISIDA HISOBOT
AVTOMOBIL
YO'LLARI QO'MITASINING
2021
YILDAGI FAOLIYATI TO'G'RISIDA
HISOBOT
Umumiy
ma'lumotlar
Nomlanishi: |
O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi |
Tashkiliy-huquqiy shakli: |
Muassasa |
Yuridik manzili: |
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68-uy. |
Faoliyat turi: |
Avtomobil yo'llarini ekspluatatsiya
qilish |
Avtomobil
yo'llari qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi
"Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi PF-4954-son Farmoniga asosan Avtomobil yo'llari qurish va foydalanish
davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi ("O'zavtoyo'l" DAK) negizida tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 1 fevraldagi "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5647-son Farmoniga asosan O'zbekiston Respublikasi
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi etib qayta nomlangan holda Transport vazirligi
tarkibiga kiritilgan.
Avtomobil yo'llari
qo'mitasi avtomobil yo'llari sohasida maxsus vakolatli organ bo'lib, umumiy foydalanishdagi
avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash
va ekspluatatsiya qilish bo'yicha ishlarning yagona buyurtmachisi hisoblanadi.
Avtomobil yo'llari
qo'mitasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Transport vazirligining qarorlariga
hamda Avtomobil yo'llari qo'mitasi Nizomiga amal qiladi.
Avtomobil yo'llari
qo'mitasi o'z vazifalari va funktsiyalarini amalga oshirishda davlat va xo'jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar
bilan o'zaro hamkorlik qiladi.
Avtomobil yo'llari qo'mitasining o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Avtomobil yo'llari
qo'mitasining
tashkiliy tuzilmasi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi
"Yo'l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar
to'g'risida"gi PQ-4545-sonli qarori bilan Avtomobil yo'llari qo'mitasining tashkiliy
tuzilmasi tasdiqlangan.
Avtomobil yo'llari qo'mitasining
tashkiliy tuzilmasida:
– Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari bosh
boshqarmalari;
– "Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mintaqaviy
yo'llarga buyurtmachi xizmatlari" davlat unitar korxonalari;
– Tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonalari;
– Yo'llardan muntazam foydalanish unitar korxonalari;
– Ko'priklardan foydalanish unitar korxonalari;
– "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya
qilish direktsiyasi" davlat unitar korxonasi;
– "O'zyo'lbutlash" Respublika ta'minot boshqarmasi;
– "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi;
– "O'zavtoyo'lbelgi" davlat unitar korxonasi va boshqa korxonalar mavjud.
Avtomobil yo'llari
qo'mitasi faoliyatining
2021 yildagi asosiy yo'nalishlari
Avtomobil yo'llari
qo'mitasi tomonidan 2021 yil davomida quyidagi asosiy yo'nalishlarda ishlar olib borildi:
avtomobil yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish;
avtomobil yo'llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish;
avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini
belgilash;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini
shakllantirish;
avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash
va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini tashkil etish hamda buyurtmachi
xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;
avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash
va saqlash
sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;
xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari,
qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini
muvofiqlashtirish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil
yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash
sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash
va ularning
malakasini oshirish, shu jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar
tashkil etish;
avtomobil yo'llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga
va landshaft
dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish
bo'yicha yagona davlat siyosatini o'tkazish, avtomobil yo'llariga tutash hududlarni
ko'kalamzorlashtirish tadbirlari o'tkazilishini tashkil etish;
avtomobil yo'llarini loyihalash sohasidagi normalar
va standartlarga
rioya etilishini ta'minlash;
yo'l xo'jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
2021 yilda amalga
oshirilgan ishlar
Tasdiqlangan dasturlar va topshiriqlar
ijrosini ta'minlash bo'yicha
2021 yil yakuni bilan 9 trln 695 mlrd
so'm mablag' o'zlashtirildi hamda 20 561 km
avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi va ta'mirlandi.
Jumladan:
1. Infratuzilmani
rivojlantirish dasturi doirasida 2 trln
471 mlrd so'm miqdorida ishlar bajarilib, 421,5 km avtomobil yo'llari foydalanishga topshirildi;
2. Kapital ta'mirlash
dasturi doirasida 491,7 mlrd so'm
mablag' o'zlashtirilib, 120 km avtomobil
yo'llari foydalanishga topshirildi;
3. Ichki yo'llarni
ta'mirlash bo'yicha 3 trln 414 mlrd so'm
miqdorida ishlar bajarilib, 16 682 km
ichki yo'llar ta'mirlandi.
Shundan,
"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida 3 318,4 km ichki yo'llar 851,8
mlrd so'm miqdoridagi mablag'lar hisobiga to'liq ta'mirlandi.
4. Ta'mirtalab
328 dona (shundan 184 donasi ichki yo'llarda,
144 donasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida) ko'priklar rekonstruktsiya
qilindi va ta'mirlandi.
5. Avtomobil yo'llarini
texnik soz holatda saqlash maqsadida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini
joriy ta'mirlash va saqlash bo'yicha
2 trln 781 mlrd so'm ishlar bajarilib,
3 072 km avtomobil yo'llari joriy
ta'mirlandi.
6. Shuningdek,
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari va shahar ko'chalarini ta'mirlash bo'yicha
qo'shimcha ajratilgan 340,2 mlrd so'm
mablag'lar o'zlashtirilib, 265 km shahar
ko'chalari ta'mirlandi.
7. Korxonalarning
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 272 dona yo'l texnikalari yo'l xo'jaligi korxonalariga
yetkazib berildi hamda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan 196,2 mlrd so'm miqdoridagi mablag' to'liq o'zlashtirildi (bundan
tashqari Infratuzilmani rivojlantirish dasturi doirasida qo'shimcha 189 dona yo'l
texnikalari xarid qilingan).
8. Bundan tashqari,
2021 yilda xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi 7 ta loyiha doirasida jami
146,4 mln dollar miqdoridagi mablag'
o'zlashtirildi.