Avtomobil yo'llari qo'mitasining "Shaffof yo'l" onlayn axborot platformasini yaratish bo'yicha bozor narxlariga asoslangan takliflarni olish uchun tanlov e'lon qiladi.
Tanlov yo'nalishi:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Yaratiladigan platforma nomi: "Shaffof yo'l" onlayn axborot
platformasi.
"Shaffof yo'l" onlayn axborot platformasi O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoni, 2021 yil
6 iyuldagi PQ-5177-son qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022 yil 2 fevraldagi 49-son qarori talablari asosida belgilangan muddatlarda, axborot tizimlarini yaratish bo'yicha amaldagi davlat
standartlariga qat'iy rioya qilgan holda yaratlishi va sohaga tadbiq etilishi
lozim.
Platformani ishlab chiquvchi korxona amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq Davlat xaridlari savdolari asosida aniqlanadi. Davlat xaridlari savdolari ikkita lotda amalga oshiriladi. Birinchi lotda – "Shaffof yo'l" platformasi asosiy interfeysi va uning "Bosh saxifa", "Statistika", "Interaktiv xarita", "Hujjatlar", "Yangiliklar", "Bog'lanish" modullari. Ikkinchi lotda – "Reyting", "Tender", "Avariya holatlari" modullari.
Batafsil ma'lumot va texnik topshiriqni
www.uzavtoyul.uz saytidan olishingiz mumkin.
Avtomobil yo'llari qo'mitasining
"Shaffof
yo'l" onlayn axborot platformasini yaratish bo'yicha bozor narxlariga asoslangan
takliflar 2022 yil " 5 " aprelga qadar qabul qilinadi.
Savollar bo'yicha quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin:
Mustaqillik
shoh ko'chasi, 68 uy, Toshkent, O'zbekiston.
Avtomobil yo'llari
qo'mitasi,
Gapparov Mahmudjon Djuraxanovich,
Nazirov Shavkatillo
Xabibullaevich
Telefon: 71-207-68-67,
qo'shimcha: 110, 120
El. manzil:
akt@uzavtoyul.uz