Ayni damda "Qamchiq" dovonidagi holat yuzasidan ...

Qor yog'i'ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining
to'xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta'minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo'l"
IYFUK tomonidan yo'l qoplamasida sirpanchiq bo'lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar
yordamida yo'l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari
amalga oshirilmoqda. Ayni paytda, avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz
harakatlanmoqda. Qor. Yo'llarda ko'rish darajasi 3000 metrni, havo harorati -10
darajani, shamol tezligi shimoldan g'arbga 3-8 m/s, namlik esa 79% ni tashkil etmoqda.
"Qamchiqavtoyo'l" ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi
"Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan haydovchilardan barcha xavfsizlik
choralarini ko'rishlarini tavsiya qiladi.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
Axborot xizmati