Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Ayol borki, olam munavvar!

23882 7-Mart, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 2593 Kb)


Avtomobil yo'llari qo'mitasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. 

Hammamiz uchun aziz va mo''tabar bo'lgan ayol zoti haqida so'z yuritganda, avvalo, bizni dunyoga keltirgan, oq sut va mehr berib ulg'aytirgan Ona siymosi oldida bosh egib ta'zim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so'zga eng munosib zot bu – Ona. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug'lab, ardoqlab yashaydi. 


Tadbir davomida qayd etilganidek, ayolni e'zozlash, ayolga ehtirom ko'rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyatdir. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu xislatlar uchun mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz.


Tantanali tadbirda elimiz sevgan san'atkorlar tomonidan qilingan bayramona chiqishlar barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.


Shuningdek, avtomobil yo'llari sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali