Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Bir korxona faoliyatidan

12351 6-Avgust, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 2181 Kb)


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimidagi Toshkent ko'priklardan foydalanish unitar korxonasi barcha korxonalar qatori – avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish bilan mamlakat transport infratuzilmasini yanada rivojlanishiga o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda.

Quyida korxona faoliyatidan ayrim natijalarni keltiramiz:

Toshkent shahrining aylanib o'tuvchi zamonaviy 22 km uzunlikdagi 4 polosali avtomobil yo'li korxona tomonidan barpo etildi. Ushbu ob'ektning topshirilishi – Toshkent shahrining yo'llardagi yuk qatnovlarini yengillatib, Ohangaron va Farg'ona vodiysidan kelayotgan transport oqimiga qulaylik  tug'dirdi.


"Qarshi-Shahrisabz-Kitob" yo'nalishi bo'yicha 4R-79 avtomobil yo'lining 0-4 kilometrlari rekonstruktsiya qilindi. 4 km uzunlikdagi mazkur ob'ektdagi ishlar eng so'nggi texnologiyalar yordamida amalga oshirildi – aholi qulayligi uchun piyodalar yo'lagi rangli bruschatkalardan qurildi, avtomobil yo'li bo'ylab daraxtlar va butalar, yashil maysalar, gullar ekilib, tungi vaqtda transportlar harakati xavfsizligini  ta'minlash uchun yoritish tizimi o'rnatildi.


M-39 avtomobil yo'lining Qashqadaryo viloyatidan o'tuvchi 1173-1184 kilometrlari oralig'ida zamonaviy tsement-beton qoplamadan iborat qayta qurish ishlari olib borildi.


M-39 117-119 kilometrlari qismida to'la ta'mirlash olib borildi. Xalqaro axamiyatga ega ushbu yo'l – Guliston shahriga kirish qismi bo'lib, uning qatnov qismi kengaytirildi, ilk bor avtomobil yo'li chetiga velosiped yo'laklari qurildi, dam olish uchun skameykalar o'rnatilib, ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi va yoritish tizimi o'rnatildi.


Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Baytqo'rg'on qishlog'ida uzunligi 1,2 km bo'lgan yangi avtomobil yo'li qurildi.


Bugungi kunda korxona tomonidan Prezident Qaroriga binoan – oliy darajadagi xorijiy delegatsiyalarni kutib olishga mo'ljallangan – "Toshkent-Sharqiy" aeroport kompleksi qurilishi ob'ektida bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Korxonadagi mehnat sifati va samaradorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida mashina mexanizmlar parki lizing asosida sotib olingan texnikalar bilan yangilandi.


Jamoada yo'l qurilishi bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan 394 kishi mehnat qilib, yuqori malakali muhandis va texnik xodimlar tayyorlash maqsadida ularning malakalari oshirib borilmoqda.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali