Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!

2997 6-Dekabr, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 21 Kb)


Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan yaqinda e'lon qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida qator seminar, ochiq davra suhbatlari tashkil etilmoqda.


Jumladan, qo'mita markaziy apparatida o'tkazilgan galdagi tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ul xodimi Abdug'aniev Oybek Alisherovich hamda qo'mita markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi. Dastlab, qo'mitada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, "komplaens nazorat" tizimi va mazkur tizim to'g'risida batafsil ma'lumot berib o'tildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati hamda ushbu illatni oldini olishga qaratilgan 10 dan ortiq idoraviy hujjatlar qabul qilingani va ularning mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida tadbirkorlik sub'ektlari bilan  ochiq davra suhbatlari o'tkazilgani ta'kidlandi. Korrupsiyani oldini olishda shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash muhim ekanligi va bu boradagi ishlarga ham to'xtalib o'tildi. Qabul qilingan hujjatlarni amaliyotda qo'llash, korrupsiyagen holatlar guvohi bo'lganda murojaat qilish tartibi haqida axborot berib o'tildi. 

Tadbirga taklif etilgan O.Abdug'aniev mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Har qanday jinoyatga jazo muqarrarligini bildirib, yil davomida sohalar kesimida korrupsiyagen jinoyatlar va ularning oqibatlari haqida batafsil axborot berdi. Shuningdek, korrupsiyani barvaqt oldini olishda aniqlangan holatlarning oqibatlari bilangina emas, balki bunga olib kelayotgan sabablar bilan kurash muhimligi ta'kidlandi. Manfaatlar to'qnashuvi va uni yuzaga keltirayotgan omillar haqida to'xtalib, qonunchilikni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida yig'ilganlarga ma'lumot berildi. Shuningdek, tadbir yakunida davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi va buning naqadar muhimligi yuzasidan ishtirokchilar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Axborot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali