Qo'mita raisining birinchi o'rinbosari
Nazarov Shuhrat Baxtiyorovich
O'zbekiston Respublikasi
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari
+998 71 207-67-68
+998 71 239-14-06
Qabul kunlari:
Payshanda — 16.00 dan 17.00 gacha
O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi birinchi o'rinbosarining funktsional vazifalari
- O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Qo'mita tarkibidagi Moliya-iqtisodiyot Bosh boshqarmasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar va xalqaro hamkorlik boshqarmasi faoliyatini tashkillashtiradi.
- O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari quyidagilarga rahbarlik qiladi:
- zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;
- avtomobil yo'llari masalalari bo'yicha xalqaro yo'l va transport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda o'zaro hamkorlik qilish va ularda O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, O'zbekiston Respublikasining avtomobil yo'llari va transport sohasida xalqaro shartnomalarda ishtirok etishini ta'minlash;
- avtomobil yo'llari va transport sohasida xalqaro hamkorlik qilish, xalqaro yo'l va transport tashkilotlari, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan samarali o'zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish borasida takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Qo'mita vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha boshqa davlatlarning avtomobil yo'llari va transport bo'yicha vakolatli organlari bilan o'zaro hamkorlik qilish;
- xalqaro transport yo'nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy integratsiyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
- idoraviy mansub tashkilotlarning muassisi funktsiyasini amalga oshirish, ular faoliyati monitoringini olib borish va iqtisodiy tahlil qilish, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarda moliya-xo'jalik faoliyatini va mol-mulkdan foydalanilishini tekshirish;
- yo'l qurilishining yirik loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlarini jalb etish;
- avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlashda qo'llanadigan yo'l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruktsiyalarning sifati ustidan nazorat qilish;
- avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni va yangi materiallarni joriy etish bo'yicha tajriba ishlari olib borish;
- fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning og'zaki va yozma murojaatlari o'z vaqtida va to'liq ko'rib chiqilishini ta'minlash, ular bo'yicha qarorlar qabul qilish va ariza beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda javoblar yuborish.
- Qo'mita raisining birinchi o'rinbosari Qo'mita raisiga funktsional bo'ysinadi.
- Qo'mita raisining birinchi o'rinbosari sababli ravishda vaqtinchalik bo'lmagan taqdirda uning vazifasini qo'mita raisining o'rinbosari-bosh muhandis bajaradi.
- Qo'mita raisining birinchi o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.