Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Fransiya ТIV rahbari bilan uchrashuv

7089 15-Aprel, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


2017-yilning 15-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi, deya xabar qildi O'zbekiston ТIV matbuot xizmati.

2017-yilning 29-mart kuni Parijda bo'lib o'tgan ikki tomonlama muzokaralarning davomi sifatida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O'zbekiston-Fransiya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, 2017-2018-yillar uchun imzolangan vazirliklararo Hamkorlik dasturi O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi keng qamrovli aloqalarni tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlashga imkon yaratadi.

Suhbat davomida vazirlar tomonidan 2017-2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida o'zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, iyun oyining boshiga mo'ljallangan "MEDEF Interneshnl" fransuz korxonalari harakati yetakchiligidagi ishbilarmon doiralar vakillarining O'zbekistonga tashrifi muvaffaqiyatli yakun topishidan tomonlar manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi.

Uchrashuvda Fransiya Elchisi Violen Biyet de Vilmor ishtirok etdi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali