Germaniya delegasiyalari bilan uchrashuvlar
"O'zavtoyo'l" AKda Germaniyaning qator
kompaniyalari ishtirokida uchrashuv va muzokaralar bo'lib o'tdi. Ularda O'zbekiston
hamda Germaniya Federativ Respublikasi o'rtasida avtomobil yo'llari qurilishi bo'yicha
yo'lga qo'yilgan hamkorlik va uni samarali davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Germaniyaning O'zbekiston Respublikasidagi
Favqulodda va muxtor elchisi Naytxard Xyofer-Vissing hamda GFR iqtisodiyot va energetika
Federal vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Bernxard Dux ishtirokida bo'lib
o'tgan ushbu muzokaralarda ushbu mamlakatning "BOMAG GmbH", "AMMANN" kabi va boshqa
kompaniyalari vakillari bilan kelgusida yo'lga qo'yilishi mumkin bo'lgan hamkorlik
xususida so'z bordi.
Muzokaralar chog'ida O'zbekistonda
mahalliy xomashyo va ishchi kuchi bazasida jahon andozalariga javob beradigan hamda
O'zbekiston yo'l qurilishida ishlatiladigan ilg'or texnika va texnologiyalar ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan, asfaltbeton qorishmalari tayyorlashga yo'naltiriladigan,
"BOMAG GmbH", "AMMANN" kompaniyalari ishtirokidagi
qo'shma korxonalar barpo etish, yo'lsozlik sohasiga investitsiyalar jalb etish masalalari
muhokama qilindi.
O'z navbatida, nemis kompaniyalari
mazkur taklif yuzasidan o'zlarining amaliy rejalarini yaqin vaqtda taqdim etishlarini
ma'lum qilishdi.
Uchrashuvlarda tomonlarni qiziqtirgan
barcha masalalar bo'yicha fikr almashildi.
"O'zavtoyo'l"
AK matbuot xizmati