Germaniyalik mutaxassis tashrifi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi "Avtomobil yo'llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarning tashkil etishning ilg'or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4035-sonli qarori ijrosi yuzasidan Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti dunyoning bir qator rivojlangan davlatlarining nufuzli universitet va tashkilotlari bilan aloqalar o'rnatmoqda.
Yaqinda Germaniyaning SES (Senior Expert Service) tashkiloti bilan hamkorlikda institutga "Yo'l qurilishi texnologiyasi va yo'l qoplamalarini soz holda saqlash" yo'nalishi bo'yicha xalqaro yetakchi mutaxassis Ervin Flyaysher tashrif buyurdi.
Janob Flyaysher Germaniyaning yo'l qurilish va transport tadqiqot jamiyati boshqaruv a'zosi sifatida bir qator yerusti va yerosti qurilish kompaniyalarida infratuzilmalar bo'yicha ekspert-konsultant va boshqaruvchi menejer sifatida faoliyat olib borgan.
Germaniyalik mehmon institut professor-o'qituvchilari va soha mutaxassislari uchun "Germaniyaning yo'l qurilishdagi tajribasi: O'zbekiston uchun xulosa va imkoniyatlar" mavzusida ma'ruza qildi.
Shuningdek, E.Flyaysher o'z safari davomida O'zbekiston avtomobil yo'llari bilan bevosita tanishdi.
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi
matbuot xizmati