Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

GM Uzbekistan yangilangan Tracker avtomobilini ishlab chiqaradi

16829 5-Iyun, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 23 Kb)


Prezident Andijon viloyatiga tashrifi jarayonida GM Uzbekistan ishlab chiqaruvchi yangi avtomobil bilan tanishdi.

GM Uzbekistan qo'shma korxonasi 2017 model yilida Chevrolet Tracker avtomobilini ishlab chiqaradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi jarayonida milliy avtoishlab chiqaruvchisining yangi avtomobili bilan tanishdi, deb xabar qildi "O'zbekiston" telekanalining "Axborot" dasturi.

Davlat rahbari ixcham krossover ruliga o'tirib, uning dizayni va imkoniyatlari bilan tanishdi. Avtomobil ekstereri GM'ning yangilangan Captiva, Malibu, Cobalt va boshqa modellarida qo'llanilgan yangi dizayn-konsepsiya asosida yaratilgan. Mashina intereriga ham o'zgartishlar kiritilgan.

Yangi modelning qachondan ishlab chiqarilishiga aniqlik kiritilmadi.

Eslatib o'tamiz, GM Uzbekistan 2015 yilda Chevrolet Tracker avtomobili mahalliy sharoitlarda sinovdan o'tkazilishi to'g'risida xabar qilgan edi.

"Газета.uz"

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali