Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Huquqiy bilimlar kuniga bag'ishlangan o'quv seminari

8321 30-Aprel, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 283 Kb)


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida huquqiy bilimlar kuniga bag'ishlangan,  qo'mita markaziy apparati hamda tarkibiy tuzilma korxona va tashkilotlarining xodimlari ishtirokida o'quv seminari bo'lib o'tdi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi "Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2761 qaroriga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, ijro etuvchilar va aholini huquqiy xabardor qilish sifatini oshirish choralari ko'rish borasida qo'mita tizimida qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Ushbu qarorning 1-bandi bilan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarni ijrochilarga o'z vaqtida yetkazishni ta'minlash, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, shuningdek tegishli qonun hujjatlari matnidan moneliksiz foydalanish imkonini yaratish hamda tarkibiy va hududiy bo'linmalarida qonun hujjatlari normalarining bir xilda qo'llanilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish vazirlik, davlat qo'mitalari, idoralar, xo'jalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining muhim vazifalari etib belgilangan.

Binobarin, mazkur seminar ham O'zbekiston Respublikasining "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to'g'risida"gi, "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi qonunlari talablaridan kelib chiqib o'tkazildi.


Tadbirda so'nggi vaqtlarda Respublikamizda qabul qilinayotgan, sohaga taalluqli bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali