ISLOM KARIMOV JORIY YILNING MUHIM VOQEASI NIMA BO'LISHINI AYTDI
Mazkur voqea xususida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yildaijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo'ljallanganiqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan VazirlarMahkamasi majlisidagi ma'ruzasida aytib o'tdi.
2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikasiya va yo'l-transport infratuzilmasini modernizasiyaqilish va rivojlantirish dasturining asosiy qoida va yo'nalishlarini so'zsiz bajarish bo'yicha boshlangan ishlarni 2016 yilda ham davom ettirish eng muhim vazifamizdir.
Bu borada O'zbekiston milliy avtomagistralini modernizasiya qilish ishlarini yakuniga etkazish masalasi diqqatimiz markazida bo'lishi zarur. Buning uchun joriy yilda qariyb 513 kilometr avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish lozim.
Temir yo'l transporti sohasida temir yo'llar tarmog'ini yanada rivojlantirish, Samarqand – Buxoro temir yo'l uchastkasining elektrlashtirilishini ta'minlash, Qarshi – Termiz uchastkasini elektrlashtirish ishlarini davom ettirish hal qiluvchi yo'nalishga aylanadi.
Qamchiq dovoni orqali o'tadigan19 kilometrlik tunnel qurilishini yakuniga etkazish va Angren – Pop yo'nalishi bo'yicha temir yo'l qatnovini yo'lga qo'yish, hech shubhasiz, joriy yilning muhim voqeasi bo'ladi. Bu yo'lning ishga tushirilishi Farg'ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa hududlari o'rtasida temir yo'l orqaliyuk va yo'lovchi tashish imkonini yaratadi.
Shu munosabat bilan yana va yana bir bor ta'kidlab aytmoqchiman: bu qurilish biz uchun nafaqat strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan loyiha, ayni vaqtda u kommunikasiya va transport sohasida erishgan yuksak taraqqiyotimiz darajasini yaqqol namoyon etadi.