Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Jizzax viloyatidagi yo'llar tobora yaxshilanmoqda

11205 18-Sentyabr, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 36 Kb)


Bugungi kunda yo'lingiz Jizzax tomonlarga tushsa, bu hududdagi avtomobil yo'llarining sifat jihatdan ancha yaxshilanganiga guvoh bo'lishingiz mumkin. Jumladan, 2015 yilning o'zida viloyatda xalqaro va davlat ahamiyatidagi 47 km yo'l qayta qurilishi, 12 km yo'l esa to'la ta'mirlanishi ko'zda tutilgan bo'lib, bugungi kunda bu ishlar jadal sur'atda davom etmoqda.

        O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi "2015 yilda O'zbekiston Respublikasidagi Investitsiya dasturi to'g'risida"gi 2264-sonli Qarori ijrosi yuzasidan M-39 "Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yo'lining viloyatdan o'tgan 47 km qismida to'la ta'mirlash olib borilmoqda. Jumladan, M-39 avtomobil yo'lining Jizzax va G'allaorol tumanlari hududidan o'tuvchi 982-1017 va 1025-1037 kilometrlari oralig'idagi ishlar yil oxiriga qolmasdan yakuniga yetadi.

       "Jizzaxavtoyo'l" hududiy yo'llardan foydalanish tashkiloti direktori Rustam Xoliqovning bergan ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 1 maydagi "Xalqaro va davlat ahamiyatida bo'lgan umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini 2015 yilda to'la ta'mirlash Dasturi to'g'risida"gi 108-sonli qarori ijrosi bo'yicha ham M-39 avtomobil yo'lining viloyatdagi 950-962 kilometrlari oralig'ida, ya'ni 12 km yo'ldagi to'la ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

"O'zavtoyo'l" DAK Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali