Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

26754 12-Noyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 207 Kb)


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining barcha hududiy bosh boshqarmalarida viloyatlardagi yo'l tashkilotlari rahbarlari va xodimlari ishtirokida – korruptsiyaga qarshi kurashish masalasi bo'yicha Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan xodimlarni tanishtirishga qaratilgan "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzuida seminar-yig'ilishlar tashkil etildi.

Tadbirlar davomida O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonuni, mamlakat Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi qarori asosida tasdiqlangan Dastur bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining 2018-yil 25-maydagi "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish haqidagi" buyrug'i bo'yicha ishtirokchilarga ma'lumot berildi hamda so'rovnomalar o'tkazildi.


Shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan 2003-yil 10-sentabrda qabul qilingan – korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha Istanbul harakat rejasi 4-raundiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha axborot berildi.

Qolaversa, korrupsiyaning davlatimiz kelajagi va jamiyat ravnaqiga, xususan, yo'l qurilishi tizimi rivojiga nisbatan salbiy ta'siri haqida ijtimoiy tarmoqlardan olingan lavhalar asosida batafsil to'xtalinib, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunda belgilangan printsiplarga og'ishmasdan rioya qilinishi lozimligi ta'kidlab o'tildi.


Tadbirlar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro tajribadan misollar keltirildi hamda qo'mitaning 2017 yil 26 sentyabrdagi 123-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Odob-axloq qoidalari"ga qat'iy rioya qilinishi yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali