Korrupsiyaga karshi kurashish bo'yicha tadbir
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida 9-dekabr – xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir o'tkazildi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonuni to'g'risida ma'lumot berilib, mazkur qonun 6 bob, 34 ta moddadan iboratligi, u – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida¬gi huquqiy munosabatlarni to'liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga¬ qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va hu¬quqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko'rinishlariga¬ toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi haqida ma'lumotlar berib o'tildi.
Mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda islohotlarning yangi davri boshlangani va bunda korrupsiyaga¬ qarshi kurashish davlatning ustuvor vazifasi ekanidan dalolat ekani alohida ta'kidlandi.
Xuddi shunday tadbir Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida ham bo'lib o'tdi.
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi
matbuot xizmati