Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2021 yilning 20 aprel kuni O'zbekiston Milliy matbuot markazida Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "2021 yilda yo'l qurilishi va ta'miri sohasida amalga oshiriladigan loyihalar hamda ularning sifat nazorati" mavzuida matbuot anjumani o'tkazildi.

3221 20-Aprel, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 200 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari qo'mitasiga – avtomobil yo'llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish, avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash, avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish hamda boshqa vazifalar va faoliyat yo'nalishlari yuklatilgan.


O'zbekistondagi jami avtomobil yo'llar tarmog'i 209,5 ming kmdan ziyod uzunlikda bo'lib, undan 42.869 kilometri–umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari, 141.883 kilometr-ichki xo'jaliklararo, qishloq, shahar va ovullarning avtomobil yo'llari, 24.745 km esa - idoraviy inspektorlik yo'llari tarmog'i hisoblanadi.

Joriy yil Investitsiya dasturiga asosan 2735.8 km.lik umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida hamda "Obod qishloq", "Obod mahalla" va boshqa dasturlarga asosan 10 114,5 km ichki yo'llarda, shahar ko'chalarida qurish, qayta qurish ishlari amalga oshiriladi.


2021 yilning 1-choragi davomida umumfoydalanuvdagi 335 km avtomobil yo'llarida qurish, qayta qurish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarildi.

Mintaqaviy avtomobil yo'llari holatini zarur darajaga keltirish orqali yo'l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, ayniqsa, qishloq joylarda qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha ham sezilarli ishlar qilindi. Xususan, 1-chorak maboynida "Obod qishloq", "Obod mahalla" va boshqa dasturlar asosida 3 578.3 kmdan ortiq ichki yo'llar ta'mirlandi.

Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun qo'mita tizimidagi korxonalarning moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilda 267 ta maxsus texnika xarid qilish rejalashtirilgan.


Shuningdek, Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda., Jumaladan: 

- Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida – A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 87 km qismini rekonstruktsiya qilish;

- Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida – A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 3 km qismini rekonstruktsiya qilish;

- Islom taraqqiyot banki (ITB) ishtirokida "M39 "Toshkent-Termiz" avtomobil yo'lning 1395-1400 km va 1410-1426 km (21 km) qismlarini rekonstruktsiya qilish;

- Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida – A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 240 km qismini rekonstruktsiya qilish;

- Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki ishtirokida – A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 78 km qismini rekonstruktsiya qilish;

- Jahon banki ishtirokida – Toshkent, Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlari mahalliy avtomobil yo'llarini rivojlantirish;

- Saudiya taraqqiyot jamg'armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg'armasi ishtirokida – "4R87 "G'uzor-Chim-Ko'kdala" avtomobil yo'lining 35 km qismini rekonstruktsiya qilish loyihalaridir.


Matbuot anjumanida qo'mita vakillari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali