Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2017 yilning 24 aprel kuni Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "Ravon avtomobil yo'llari – inson manfaatlarining muhim omili" mavzuida matbuot anjumani o'tkaziladi.

10434 21-Aprel, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 30 Kb)


PRESS-RELIZ


Ma'lumot uchun: Respublikamizdagi jami avtomobil yo'llar tarmog'i 184 ming km uzunlikdabo'lib, undan 42695 kilometri – umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llaridir(2755 km uzunlikdagi "O'zbek milliy avtomagistrali" ham shu tarkibga kiradi).Bundan tashqari, shahar ko'chalari (7126 km), tuman markazlari ko'chalari(12529 km), qishloq aholi punktlari ko'chalari (64839 km),ichki xo'jalik yo'llari (32066 km) hamda korxona va tashkilotlarning idoraviyyo'llari (24745 km) ham mavjud.

2007 yil oktyabrda qabul qilingan "Avtomobil yo'llari to'g'risida"gi O'zbekistonRespublikasi Qonuniga asosan Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining asosiyfaoliyati maxsus vakolatli organ sifatida - umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarinirivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifalarigaqaratilgan. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 14 fevraldagi "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishchora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga asosan Avtomobil yo'llariqurish va foydalanish davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi ("O'zavtoyo'l"DAK) tugatilib, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasini tashkiletildi.

 

Avtomobil yo'llariniboshqarishbo'yicha maxsus vakolatlarga ega bo'lgan davlat organi sifatida Davlatqo'mitasiningasosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib - avtomobil yo'llari sohasidayagona texniksiyosatni olib borish, avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirishvatakomillashtirish istiqbollarini belgilash, avtomobil yo'llarining xalqaro tranzityo'laklarinishakllantirish, avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qaytatayyorlashva ularning malakasini oshirish va boshqa vazifalar belgilandi.

Farmonda, shuningdek,O'zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo'l-qurilish ishlariningsifati ustidannazorat olib boradigan Davlat inspektsiyasini tashkil etish nazardatutilgan edi.Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 martdagi qaroriga binoanbevosita hukumatga bo'ysunuvchihamda Respublikadagi yo'l qurilishini nazoratqiluvchi vakolatli davlat organi hamtashkil etildi.

Farmonga muvofiq,shuningdek,O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'ljamg'armasiO'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysundirildi.

Mintaqaviy avtomobilyo'llarining yo'lqoplamalari holatini zarur darajaga keltirish va ularni ekspluatatsiyaqilishxususiyatlarini oshirish orqali yo'l-transport infratuzilmasini yanadatakomillashtirish,aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarda qulayshart-sharoitlaryaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini vahududlarini istiqbollirivojlantirish maqsadida 2017yilning 14 fevral kuni O'zbekiston RespublikasiPrezidentining "2017-2018 yillarda mintaqaviyavtomobil yo'llarini rivojlantirishdasturini amalga oshirish chora-tadbirlarito'g'risida"gi qarori qabul qilindi. 

Mazkur Dasturda 2017-2018yillarda 5454 kilometr, jumladan, 2017 yilda – 2700 kilometr,2018 yilda – 2754 kilometr xo'jaliklararo qishloqavtomobil yo'llari,shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarningko'chalarini kapital va joriyta'mirlash, bu ishlarni bajarish uchun mintaqaviyyo'llarni ta'mirlashga ixtisoslashtirilgantashkilotlarni 330 ta yo'l texnikasibilan ta'minlash, ichki yo'l va ko'chalarnibosqichma-bosqich xatlovdan o'tkazish hamdaularni pasportlashtirish, bu boradagiishlar natijalari bo'yicha elektronma'lumotlar bazasini yaratish vazifalari ko'zdatutilgan.

Jumladan, ikki yildavomida Qoraqalpog'istonRespublikasi bo'yicha 295 kilometr, Andijon viloyatibo'yicha – 324 kilometr, Buxoroviloyati bo'yicha – 439 kilometr, Jizzax viloyatibo'yicha – 222 kilometr, Qashqadaryoviloyati bo'yicha – 679 kilometr, Navoiy viloyatibo'yicha – 216 kilometr, Namanganviloyati bo'yicha – 309 kilometr, Samarqand viloyatibo'yicha – 479 kilometr,Surxondaryo viloyati bo'yicha – 535 kilometr, Sirdaryo viloyatibo'yicha – 267kilometr, Toshkent viloyati bo'yicha – 516 kilometr, Farg'ona viloyatibo'yicha – 520kilometr, Xorazm viloyati bo'yicha – 321 kilometr va Toshkent shahribo'yicha – 332kilometr yo'llar va ko'chalarni ta'mirlash vazifasi qo'yilgan. 

Bugungi kunda hududlardagimahalliy hokimliklar bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli dasturlar asosidaushbuvazifalar bajarilmoqda. Xususan, joriy yil boshidan to shunga qadar - Qoraqalpog'istonRespublikasi bo'yicha 103,6 km, Andijon viloyatida– 128,3 km, Buxoro viloyatida– 94,3 km, Jizzax viloyatida – 77,3 km, Qashqadaryoviloyatida – 81,4 km, Navoiyviloyatida – 77,4 km, Namangan viloyatida – 70,6 km,Samarqand viloyatida – 99,5km, Surxondaryo viloyatida – 85,8 km, Sirdaryo viloyatida– 87,7 km, Toshkent viloyatida– 97,6 km, Farg'ona viloyatida – 152,6 km, Xorazmviloyatida – 73,6 km va Toshkentshahrida – 25,9 km, Respublika bo'yicha esa jami 1255,6 km ichkiyo'llar va ko'chalarta'mirlandi. Ushbu ta'mirlash ishlari bugungi kunda ham jadalsur'atlarda davometmoqda.

Qo'mita va uningtarkibidagi korxona va tashkilotlar tomonidan, yuqorida qaydetilganlardan tashqari,umumiy foydalanuvdagi, xalqaro, davlat va mahalliyahamiyatda bo'lgan avtomobil yo'llaridagiyo'l qurilish va ta'mirlash ishlari davomettirib kelinmoqda.

Jumladan, 2017 yilningo'tgan 1-choragi davomida Investitsiya dasturi bo'yicha 59,7 mlrd. so'mlik rekonstruktsiyaishlari, kapital ta'mirlash dasturi bo'yicha 9,4 mlrd. so'mlik, joriyta'mirlash va saqlash ishlari bo'yicha esa 195,3 mlrd. so'mlik miqdoridagibajarildi. 710kilometrdan ortiqumumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari holati yaxshilandi.

 

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

Matbuot xizmati

Тел.: 237-28-46; e-mail: info@uzavtoyul.uz

 

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali