Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Moliya - iqtisodiyot bosh boshqarmasi

28-Iyun, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 27 Kb)

Moliya - iqtisodiyot bosh boshqarmasi

Quljonov Farxod Berdiyorivich

v.v.b Boshqarma boshlig'i 

+998 71 207-67-68 (114)

+998 71 239-14-06

Toshkent shahar 100000, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68 uy


Moliya-iqtisodiyot Bosh boshqarmasining asosiy funksiya va vazifalari

  • Respublika yo'l xo'jaligi tarmog'ining iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy ahvoli, ishlab chiqarish rezervlaridan to'liq foydalanishi, asosiy fondlarning samaradorligini oshirilishi borasida monitoring olib borish;
  • Qo'mita markaziy apparatida moliyaviy-iqtisodiy masalalarni tashkil etish;
  • Qo'mitaning rivojlanish istiqbollarini belgilovchi parametrlar loyihasini tayyorlash;
  • Qo'mita boshqaruvining topshiriqlari va ko'rsatmalariga asosan, Bosh boshqarmaga tegishli O'zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari tomonidan yuborilgan hujjatlar bilan ishlash; 
  • Tizimdagi yo'l xo'jaligi tashkilotlaridan statistik ma'lumotlarni yig'ish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatlari bo'yicha choraklik va yillik hisobotlarni belgilangan tartibda qabul qilishda qatnashish, jamlash va tegishli idoralarga taqdim etish;
  • Tizimdagi yo'l xo'jaligi tashkilotlarida mexnatning tashkil etilishi, ish haqi to'lovlari, boshqaruv apparati xodimlarini saqlash harajatlari, shtatlar jadvali yuritilishini o'rganish, tahlil etish;
  • Qo'mita markaziy apparatini saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish;
  • Tizimdagi yo'l xo'jaligi tashkilotlari faoliyatining iqtisodiy tahlilini, tezkor ma'lumotlarni tayyorlash;
  • Yirik sanoat ishlab chiqarish hamda yordamchi sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga tegishli xisobotlarni jamlash, tahlil qilish, ularni ishlab chiqarish prognozlari to'g'risidagi ma'lumotlarni jamlash;
  • Qo'mita korxona va tashkilotlarida yangi ish o'rinlarini yaratish manzilli dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish, tizimda yaratilgan yangi ish o'rinlari bo'yicha hisobotlarni jamlash, tahlil qilish, takliflar tayyorlash;
  • Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish sohaviy dasturlarini shakllantirish, kelishish, tasdiqlash, hamda monitoringini olib borish; 
  • O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlari, vazirlik va idoralar (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat statistika qo'mitasi va boshqalar) bilan hamkorlikda Bosh boshqarma faoliyatiga oid ishlarni tashkil etilishini ta'minlash, hamda zaruriy ko'rsatkichlar bo'yicha monitoring olib borish.

Nizomni yuklab olish (pdf, 374 kb)


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali