Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Navoiy viloyatidagi Xalqaro yo'lning 10 kilometri ta'mirlandi

11059 15-Sentyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 367 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida Respublikadagi mintaqaviy ichki yo'llar bilan bir qatorda umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilishning yangilangan dasturi ham tasdiqlangan edi.

Jumladan, mazkur qarorning 5-ilovasida 2017-2018-yillar mobaynida Respublikadagi umumiy foydalanuvda bo'lgan 540 km yo'llar qurilishi hamda rekonstruktsiya qilinishi ko'zda tutilgan bo'lib, ular orasida M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 30 kilometrdan iborat qismi ham bor.


Shu kunlarda mazkur magistral yo'lining 116-126-kilometrlari oralig'i to'liq rekonstruktsiya qilindi. Uzunligi 10 km dan iborat mazkur ob'ekt ta'miri to'liq ravishda O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari Davlat qo'mitasi tarkibidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarildi. Ya'ni, buyurtmachi - "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish direktsiyasi" DUK, bosh pudratchi tashkilot esa – Navoiy viloyat Karmana tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi hisoblanadi.

Alohida qayd etish kerakki, 4 tasmadan iborat hamda eni 25,1 metrni tashkil etgan yo'l oralig'idagi 3 ta ko'prik ham qayta qurildi. Shuningdek, mazkur avtomobil yo'lidagi 14 dona avtobus bekatlari hamda 10 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari ham yangilandi.


Mazkur ob'ektning foydalanishga topshirilishi – yo'lsozlarning mustaqilligimizning 26 yilligiga tayyorlagan o'ziga xos sovg'alaridan biri hisoblanadi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali