Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Nobel mukofoti sovrindori – qo'mita tarkibidagi institut faxriy doktori bo'ldi

8137 2-Oktyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 201 Kb)


Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida "Yo'l qoplamalarini barqaror boshqarish tizimlarini yaratish jarayonining muammolari" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Mahalliy va xorijiy soha vakillari taklif etilgan ushbu tadbirda mamlakatimizdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish ishlariga kompleks yondashuvni tashkil etish, bu borada xorijiy aloqalarni yo'lga qo'yish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama etiladi.


Seminarda ilk bor Singapur milliy universiteti professori, "Eng yaxshi maqola" nominatsiyasi bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori, bir necha nufuzli akademiyalar akademigi, Singapur yo'l qoplamalari uyushmasi prezidenti Fua Tin Fang va Xitoyning Chan'an universiteti professori Chu Longjia ishtirok etdi. 

Anjumanda janob Fua Tin Fangga Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining faxriy doktori unvoni berildi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali