Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"Ogohlik – davr talabi" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir

30006 29-Mart, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 163 Kb)


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida "Ogohlik – davr talabi" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. 

Mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni – jahondagi turli ekstremistik oqimlar, terroristik tashkilotlarning buzg'unchi g'oyalari tahdididan himoyalash maqsadida  turli davra suhbatlari, targ'ibot ruhidagi profilaktik tadbirlar, ma'naviy-ma'rifiy kechalar uyushtirilmoqda. Bu kabi tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad – fuqarolarimizni muttasil ogohlikka da'vat etishdan iborat. 

Ayniqsa, diniy mutaassib tuzilmalar o'z faoliyat ko'lamini yanada kengaytirib, global darajada namoyon bo'layotgani tinchlik, osoyishtalik va xalqaro munosabatlar barqarorligiga tahdid tug'dirishi tabiiy. Diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyatining tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, deyarli barcha ko'rinishdagi ekstremistik va terrorchi oqimlar asosan ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy ta'sir omillariga keng e'tibor qaratmoqdalar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Afg'oniston bo'yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusida o'tkazilgan xalqaro konferentsiyadagi nutqida ta'kidlanganidek, "Afg'onistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zo'ravonlik va qon to'kishlar, narkobiznesning barham topmayotgani – bularning barchasi bu mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yo'l qo'yib bo'lmasligini ko'rsatmoqda". Mamlakatimizning bu davlat bilan qo'shni ekanligi esa yuqoridagi kabi tahdidlar mudom xavf solib turishini anglatadi.


Bu kabi ma'rifiy tadbirlar qo'mita tizimidagi korxona va tashkilotlarda ham bo'lib, ularda ko'zga ko'ringan siyosiy sharhlovchilar, ma'naviyat va ma'rifat tuzilmalari faollari ishtirok etishdi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali