Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi "A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 173-176 km qismini rekonstruksiya qilish" loyihasi doirasida ishlab chiqilgan "Atrof-muhit monitoringi" hisoboti.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi bilan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o'rtasida tuzilgan kelishuvga asosan "A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 173-176 km qismini rekonstruksiya qilish" loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida OTB talablariga asosan ishlab chiqilgan "Atrof-muhit monitoringi" hisoboti yangilandi.
Ushbu hujjat, 2021 yilning oktabrida sanalangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasidagi OTB loyihasi uchun taqdim qilingan.