Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" AK Boshqaruvining 2015 yil yakunlari bo'yicha yig'ilishi

9263 21-Yanvar, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 197 Kb)


2016 yilning 20 yanvar kuni kompaniya Boshqaruvining 2015 yil yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni Boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2015 yilning 16 yanvarida, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil yakunlariga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishida belgilab berilgan – O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish dasturidagi ustuvor yo'nalishlarning kompaniyadagi ijrosi muhokama qilindi. Shuningdek, joriy yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga qaratilgan, 2016 yil 15 yanvarda bo'lib o'tgan Vazirlar Mahkamasi yig'ilishida ko'tarilgan masalalar ham diqqat markazida bo'ldi.

Yig'ilishda ta'kidlanganidek, 2015-yil davomida umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarida tizim korxonalari tomonidan jami 1387,3 mlrd. so'mlik yo'l qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarilgan bo'lib, bu o'tgan 2014 yilga nisbatan 134,7%ni tashkil etdi.

 

Investitsiya dasturiga muvofiq 2015 yilda 143,4 km uzunlikdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilinishi belgilangan bo'lib, tuzilgan shartnoma va tasdiqlangan rejaga muvofiq yil yakunlari bo'yicha 591,1 mlrd. so'mlik yo'l ishlari bajarilib, 149,7 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida hamda shahar ko'chalarida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan yo'llarni mukammal ta'mirlashda 168,5 mlrd. so'mlik ishlar amalga oshirilib, 68,0 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari ta'mirlandi.

42676 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo'yicha 2015-yilda 528,2 mlrd. so'mlik mablag'lar o'zlashtirildi.

Hisobot davri mobaynida tizim korxona va tashkilotlarida 293 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Yig'ilish davomida tizimdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, sohaga axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,  ijro intizomiga qat'iy rioya etish kabi masalalarga tanqidiy yondashilib, muammolarni ijobiy hal etish yo'llari muhokama qilindi.

Boshqaruv yig'ilishi yakunida kun tartibida ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali