Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" AK boshqaruvining 2016 yil I chorak yakunlari bo'yicha yig'ilishi

9967 23-Aprel, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 411 Kb)


2016 yilning 22 aprel kuni kompaniya boshqaruvining 2016 yil I chorak yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.

Yig'ilishda, joriy yilning 15 yanvarida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil yakunlari va 2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan majlisida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to'g'risida"gi PQ-2313-sonli qarori bilan tasdiqlangan yo'l dasturlari ijrosini so'zsiz bajarish bo'yicha boshlangan ishlarni 2016 yilda ham davom ettirish ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgani va ularning kompaniyadagi ijrosi muhokama qilindi. 

Yig'ilishda ta'kidlanganidek, "O'zavtoyo'l" aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi tashkilot va korxonalar tomonidan 2016 yilning yanvar-mart oylari davomida jami 229,6 mlrd.so'mlik (2015 yilning shu davriga nisbatan 119,6 %) yo'l qurilish, ta'mirlash, saqlash va tashqi pudrat ishlari bajarildi. 

Investitsiya dasturiga muvofiq, "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan 2016 yilning I choragida 34,3 mlrd. so'mlik yo'l ishlari bajarildi hamda 10,0 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi. Ushbu ko'rsatkich shartnomaviy majburiyatga nisbatan 115,6% ni, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 101,3% ni tashkil qildi. 

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan yo'llarni mukammal ta'mirlashda 16,6 mlrd. so'mlik ishlar amalga oshirilib, 6,0 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari ta'mirlandi hamda shartnomaviy reja 101,1% ga bajarildi.

42676 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo'yicha 2016 yilning I choragida 161,5 mlrd. so'mlik mablag'lar to'liq o'zlashtirildi. 

I chorak mobaynida tizim korxona va tashkilotlarida 20 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo'lib, amalda jami 35 ta yangi ish o'rinlari ochilishi ta'minlandi (prognozga nisbatan 175%).

Yig'ilish davomida tizimdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi boshlangan ob'ektlarda loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqishni oxiriga yetkazish, investitsiya ob'ektlarining moliyalashtirilishi, pudratchi korxonalarga yonilg'i moylash mahsulotlari yetkazib berilishi kabi masalalarga tanqidiy yondashilib, mavjud muammolarni ijobiy hal etish yo'llari muhokama qilindi.

 

Shu bilan bir qatorda, yig'ilishda tizim korxonalari tomonidan joriy yilning II choragida amalga oshirilishi lozim bo'lgan dolzarb va ustuvor masalalarga to'xtalib o'tildi. 

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martdagi PQ-2313-sonli qarori bilan belgilangan dastur doirasida hamda sohaga oid boshqa qarorlar ijrosini ta'minlash bo'yicha joriy yilning II choragida jami 200,0 mlrd. so'mlik yo'l ishlari bajarilishi rejalashtirilganiga alohida e'tibor qaratildi. Unga ko'ra aprel-iyun oylari davomida: 

- Investitsiya dasturi bo'yicha 160,0 mlrd. so'm miqdoridagi yo'l ishlari amalga oshirilib, 45 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilinadi; 

- Kapital ta'mirlash ishlari bo'yicha 40,0 mlrd. so'm miqdoridagi ta'mirlash ishlari bajarilib, 29 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari to'la ta'mirlanadi. 

Shuningdek, umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarida 200,0 mlrd. so'mdan ortiq joriy ta'mirlash va saqlash ishlarini bajarish hamda 736 km yo'llarning texnik holatini yaxshilanishiga erishiladi. 

Boshqaruv yig'ilishi yakunida kun tartibida ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali