Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" AK Boshqaruvining 2016 yil I yarim yillik yakunlari bo'yicha yig'ilishi

9071 27-Iyul, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 188 Kb)


2016 yilning 26 iyul kuni "O'zavtoyo'l" AK majlislar zalida kompaniya boshqaruvining 2016 yil I yarim yillik yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni kompaniya boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.

Dastlab, joriy yil davomida yo'l xo'jaligi korxonalari tomonidan avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash ishlari Prezidentimiz va Hukumat tomonidan belgilab berilgan dasturlar doirasida olib borilayotgani xususida so'z yuritildi. 

So'ng e'tiborni joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalarga qaratildi. Yig'ilishda ta'kidlanganidek, "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxonalari tomonidan 2016 yilning I yarim yilligi davomida jami 575,0 mlrd.so'mlik yo'l qurilish, ta'mirlash, saqlash va tashqi pudrat ishlari bajarildi. Mazkur ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 110,2 % ni tashkil etdi.

Investitsiya dasturi bo'yicha joriy yilning I yarim yilligida jami 442,2 mlrd.so'm miqdoridagi rekonstruktsiya ishlari bajarilib, 157,6 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari to'liq rekonstruktsiya qilindi. Jumladan, O'zavtoyo'l kompaniyasi korxonalari tomonidan 182,8 mlrd.so'mlik yo'l ishlari bajarilib, 62,1 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi. 

Mazkur ko'rsatkich shartnomaviy majburiyatga nisbatan 103,8%ni tashkil etdi. 

Kapital ta'mirlash dasturi bo'yicha xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan 44,6 mlrd.so'mlik yo'llarni mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, 25,0 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Mazkur ko'rsatkich shartnomaviy majburiyatga nisbatan 106,2% ni tashkil etdi. 

Shu bilan birga, kompaniya korxonalari tomonidan umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari bo'yicha joriy yilning I yarim yilligida 324,0 mlrd.so'm miqdoridagi yo'l ishlari bajarildi. Jumladan, joriy ta'mirlash ishlarida – 208,3 mlrd.so'mlik, saqlash, qishki qarov va ko'kalamzorlashtirish ishlarida – 115,7 mlrd.so'mlik ishlar bajarildi, hamda 1040 km dan ortiq umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarining holati yaxshilanishi ta'minlandi. 


Shuningdek, hisobot davrida kompaniya korxona va tashkilotlari tomonidan jami 132 tayangi ish o'rinlari (I yarim yillik prognoziga nisbatan 121,1 %) ochilishi ta'minlandi.

Shu bilan bir qatorda, yig'ilishda tizim korxonalari tomonidan 2016 yilning II yarim yilligida amalga oshirilishi lozim bo'lgan dolzarb va ustuvor masalalarga to'xtalib o'tildi. 

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martdagi PQ-2313-sonli, hamda 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458-sonli  qarorlari bilan belgilangan dastur doirasida hamda sohaga oid boshqa qarorlar ijrosini ta'minlash bo'yicha joriy yilning II yarim yilligida "O'aavtoyo'l" kompaniyasi tomonidan 375,2 mlrd.so'mlik rekonstruktsiya va kapital ta'mirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilganiga alohida e'tibor qaratildi. Unga ko'ra joriy yilning ikkinchi yarmida: 

- Investitsiya dasturi bo'yicha 280,1 mlrd.so'mlik,jami 114,2 km  uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilinadi; 

- Kapital ta'mirlash dasturi bo'yicha 95,1mlrd.so'mlik, jami 81,9 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari to'la ta'mirlanadi. 

- Shuningdek, kompaniya tizimidagi korxonalar tomonidan 

154,0 mlrd.so'mdan ortiq joriy ta'mirlash va 97,4 mlrd.so'mlik ekspluatatsiya ishlari bajarilib, umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarining texnik holati yaxshilab boriladi. 

Yig'ilish davomida sohadagi yo'l qurilishi va uning ta'miridagi sifatga e'tibor qaratish, tizimdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, pudratchi korxonalarga yonilg'i moylash mahsulotlarining yetkazib berilishi kabi masalalarga tanqidiy yondashilib, mavjud muammolarni ijobiy hal etish yo'llari muhokama qilindi.

Boshqaruv yig'ilishi yakunida ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali