Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" AK boshqaruvining 2016 yil yakunlari bo'yicha yig'ilishi

8050 7-Fevral, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 22 Kb)


2017 yilning 5 fevral kuni kompaniya boshqaruvining 2016 yil yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, tarkibiy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Majlisni boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.

Yig'ilish davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 14 yanvarida, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar, hukumat majlisida ko'tarilgan masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilishda o'tgan yil natijalari tanqidiy tahlil asosida ko'rib chiqildi. Unda ta'kidlanganidek, 2016 yil davomida umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarida tizim korxonalari tomonidan jami 1,3 trln. so'mdan ziyod mablag' o'zlashtirilgani holda yo'l qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarildi.

Jumladan:

- Investitsiya dasturiga muvofiq 2016 yilda 176,3 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvda bo'lgan avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari belgilangan edi. Tuzilgan shartnoma va tasdiqlangan rejaga muvofiq yil yakunlari bo'yicha amalda 255,9 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi, ya'ni 428,8 mlrd. so'mga teng yo'l ishlari bajarildi;

- hisobot davrida xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida hamda shahar ko'chalarida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi tizimidagi korxona va tashkilotlari tomonidan yo'llarni mukammal ta'mirlashda 83,2 mlrd. so'mlik ishlar amalga oshirilib, 94,4 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari to'la ta'mirlandi;

- 42654 km uzunlikdagi, shu jumladan, O'zbek Milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo'yicha 2016 yilda 632,0 mlrd. so'mlik mablag'lar o'zlashtirildi; 

- kompaniya korxona va tashkilotlari tomonidan namunali uy-joy massivlariga kirish yo'llari, ichki xo'jalik yo'llari va shahar ko'chalarini qurish va ta'mirlash ishlari bo'yicha jami 163,8 mlrd. so'mlik ishlar amalga oshirildi.

O'tgan davr mobaynida tizim korxona va tashkilotlarida 237 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Ta'kidlanganidek, o'tgan yil davomida va joriy yilning shu davriga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan "O'zavtoyo'l" kompaniyasiga jami 98 ta murojaat kelib tushgan. Yig'ilishda har bir rahbardan belgilangan muddatdan kechiktirmasdan, o'z vaqtida murojaat muallifi ishtirokida ko'tarilgan masalani imkon qadar ijobiy hal etish va amaliy yordam ko'rsatish, shuningdek, murojaatda ko'tarilgan masalani tezkor ravishda hal etish choralarini ko'rish talab etilishi, ushbu masalaga shaxsan birinchi rahbarlar mas'ul ekanligi alohida ta'kidlandi. 

Boshqaruv yig'ilishi yakunida kun tartibdagi ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali