Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" AK boshqaruvining 2016 yilning 9 oylik yakunlari bo'yicha yig'ilishi

10445 25-Oktyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 23 Kb)


2016 yilning 22 oktyabr kuni kompaniya boshqaruvining 2016 yil 9 oylik yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.

Yig'ilish davomida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2016 yilning 15 yanvarida, Vazirlar Mahkamasining yil yakunlariga bag'ishlab o'tkazilgan majlisida belgilab berilgan – O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish dasturidagi ustuvor yo'nalishlarning kompaniyadagi ijrosi, shuningdek, joriy yilning 2016 yil 12 oktyabrda bo'lib O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Sh.Mirziyoev raisligida o'tgan Vazirlar Mahkamasi yig'ilishida ko'tarilgan masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilishda ta'kidlanganidek, 2016 yilning 9 oyi davomida umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarida tizim korxonalari tomonidan jami 1028,3 mlrd. so'mlik yo'l qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarildi.

Investitsiya dasturiga muvofiq 2016 yilda 176,3 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvda bo'lgan avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari belgilangan. Tuzilgan shartnoma va tasdiqlangan rejaga muvofiq 9 oylik yakunlari bo'yicha 342,6 mlrd.so'mlik yo'l ishlari bajarilib, 138,9 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi. 

Hisobot davrida xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida hamda shahar ko'chalarida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi tizimidagi korxona va tashkilotlari tomonidan yo'llarni mukammal ta'mirlashda 70,3 mlrd.so'mlik ishlar amalga oshirilib, 58,1 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari to'la ta'mirlandi.

42654 km uzunlikdagi, shu jumladan, O'zbek Milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo'yicha 2016 yilning 9 oyida 494 mlrd.so'mlik mablag'lar o'zlashtirildi. 

O'tgan davr mobaynida tizim korxona va tashkilotlarida 210 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Ta'kidlanganidek, ayni kunga qadar O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasidan "O'zavtoyo'l" kompaniyasiga jami 30 ta murojaat kelib tushgan. Yig'ilishda har bir rahbardan belgilangan muddatdan kechiktirmasdan, o'z vaqtida murojaat muallifi ishtirokida ko'tarilgan masalani imkoniyat  darajasida ijobiy hal etish va amaliy yordam ko'rsatish, shuningdek, murojaatda ko'tarilgan masalani joyida hal etmasdan, takror murojaat qilinishiga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rish talab etilishi, ushbu masalaga shaxsan birinchi rahbarlar javob berishi alohida ta'kidlandi. 

Boshqaruv yig'ilishi yakunida kun tartibdagi ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali