Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvi raisi o'rinbosari Sh.Nazarovning kompaniya faoliyatining 2014 yilning I choragi ish yakunlariga bag'ishlab tizimdagi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan kengaytirilgan yig'ilishdagi ma'ruzasi

10162 14-Avgust, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 14 Kb)

"O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi tashkilot va korxonalar tomonidan 2014 yilning 1-choragida 171,1 mlrd. so'mlik (2013 yilning shu davriga nisbatan 138,7 %) yo'l qurilish, ta'mirlash, saqlash va tashqi pudrat ishlari bajarildi. 28 km. uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi. Bular A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 450-475 kilometr qimidagi 3 km. (Andijon viloyati) va 341-350 km. qismidagi 5 km. (Farg'ona viloyati) hamda M-39 "Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yo'lining 962-982 kilometr qimidagi 20 km. (Farg'ona viloyati) avtomobil yo'llaridir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi PQ-1446-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O'zbek milliy avtomagistrali" tarkibiga kiruvchi avtomobil yo'llari uchastkalarini qurish va rekonstruktsiya qilish dasturiga asosan jami 61 ta (shundan 45 tasi (401 km.) oldingi yillardan o'tuvchi, 16 tasi (133 km.) yangi boshlanadigan ob'ektlar) ob'ektda 534 km. uzunlikdagi (422 km. asfaltobeton va 112 km. tsementobeton qoplamali) avtomobil yo'llarini foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan bo'lib, ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 1533,9 mlrd. so'm miqdorida mablag' ajratilgan.

2014 yil investitsiya dasturini amalga oshirish uchun hozirgi kungacha mahalliy pudratchi korxonalar tomonidan 534 km. yo'l qurilish-ta'mirlash ishlari uchun 621 mlrd. so'mlik (shundan "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxonalari tomonidan 257 km. yo'l qurilish-ta'mirlash ishlari uchun 503,4 mlrd. so'mlik) shartnomalar tuzilgan bo'lib, qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

"O'zavtoyo'l" DAK korxonalari tomonidan bajariladigan shartnomaviy qiymatlar hududlar kesimida qaraladigan bo'lsa, Qoraqalpog'iston Respublikasida 135,6 mlrd. so'mlik (44,0 km. yo'l qurilish-ta'mirlash ishlari uchun), Andijon viloyatida 12 mlrd. (3,0 km. yo'lda), Buxoro viloyatida 108,7 mlrd. (40,0 km. yo'lda), Jizzax viloyatida 21,1 mlrd. (20, km. yo'lda), Qashqadaryo viloyatida 59,9 mlrd. (50,0 km. yo'lda), Namangan viloyatida 26,2 mlrd. (10,0 km. yo'lda), Samarqand viloyatida 15,0 mlrd. (20,0 km. yo'lda), Surxondaryo viloyatida 42,5 mlrd. (14,0 km. yo'lda), Toshkent viloyatida 58,4 mlrd. (27 km. yo'lda), Farg'ona viloyatida 24,1 mlrd. (14,5 km. yo'lda) so'mlik shartnomalar tuzilgan. Yo'llar kesimida qaralganda esa, eng katta qurilish-ta'mirlash ishlari M-39 "Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz" (150 km.dan oshiq), A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beynau" (120 km.dan oshiq), A-373 "Toshkent-O'sh" (115 km.dan oshiq), M-37 "Samarqand-Ashxabod-Turkmanboshi" (50 km.dan oshiq) xalqaro avtomobil yo'llarida amalga oshirilishini ko'rish mumkin.

Shundan hisobot davrida rejadagi 33,0 mlrd. so'm o'rniga 42,6 mlrd. so'mlik (129 %), jumladan, "O'zavtoyo'l" kompaniyasi tomonidan 28,9 mlrd. so'm o'rniga 38,6 mlrd. so'm (133,5%) yo'l ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkichda ayniqsa "Shimoliy-G'arbiy" XDAAYITFK rejadagi 4587,4 mlrd. so'm o'rniga 6391,6 mlrd. so'mlik ish bajarib, o'zining salmoqli hissasini qo'shdi.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan 12,1 mlrd. so'mlik kapital ta'mirlash ishlari (2013 yilning shu davriga nisbatan 120,0 %) bajarildi.

Respublikamizning umumiy foydalanishdagi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi 42654 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llarida 2014 yilning 1-choragi davomida jami 118,0 mlrd. so'mlik saqlash va joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan: avtomobil yo'llari holatini saqlash ishlari bo'yicha 49,8 mlrd. so'mlik, avtomobil yo'llari mintaqasini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari bo'yicha 1,3 mlrd. so'mlik, avtomobil yo'llarida avtotarnsport va yo'lovchilarning kuz-qish mavsumida xavfsiz harakatlanishini ta'minlash ishlari bo'yicha 14,1 mlrd. so'mlik va avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash ishlari bo'yicha 52,8 mlrd. so'mlik ishlari bajarildi.

Mazkur mablag'lari hisobidan avtomobil yo'llarimizda harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha, jumladan, 2207 dona yetishmagan yo'l belgilari o'rnatildi; 5972 dona eskirgan yo'l belgilari almashtirildi; 4337 pm. uzunlikda 1-guruh to'siqlari o'rnatildi; 4685 dona yo'naltiruvchi va ko'rsatuvchi ustunchalar o'rnatildi; 161 dona ko'prikda harakat xavfsizligi ta'minlandi; 686 km. yo'l qatnov qismi belgilandi; 374 joyda piyodalar o'tish joyi belgilandi; 748 dona quvurlarda harakat xavfsizligi ta'minlandi; 1732 km. uzunlikda yo'l marzasi mustahkamlandi; 19 joyda avtomobil yo'lining temir yo'li bilan kesishgan qismida harakat xavfsizligi ta'minlandi; 111 joyda yo'l tutashmalari obodonlashtirildi; 96 dona avtobus to'xtash bekatlari qurildi va ta'mirlandi; 10,9 km. uzunlikda piyodalar yo'lagi qurildi; 15500 km. uzunlikdagi yo'llarda qishki mavsumda yuzaga kelgan chuqurchalar ta'mirlandi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan kompaniyaga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 2014 yilning 1-choragida o'sish sur'atlari 103,5 % miqdorida belgilangan bo'lib, kompaniya tizimidagi sanoat va yordamchi ishlab-chiqarish xo'jalik korxonalari tomonidan 2014 yilning 1-choragida taqqoslama narxlarda 11,8 mlrd.so'mlik, 2013 yilning shu davriga nisbatan esa taqqoslama narxlarda 103,6 % dan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Jumladan Kompaniya tizimidagi temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Qo'yliq ko'priklar temirbeton qurilmalar tajriba zavodi tomonidan joriy yilning 1-choragida 30,1 ming tonna yig'ma temir-beton konstruktsiyalari va jihozlari ishlab chiqarilib, buyurtmachilarga yetkazilib berildi. Shuningdek, asfaltbeton mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Toshkent viloyatida joylashgan yana bir yirik "Toshvilyo'lsanoat" sanoat korxonasi tomonidan joriy yilning mart oyida 4,1 ming tonna asfaltbeton mahsuloti ishlab chiqarildi va avtomobil yo'llarini ta'mirlash ishlari uchun yetkazilib berildi.

O'z navbatida, kompaniya tizimidagi sanoat va yordamchi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan joriy yilda avtomobil yo'llari va ulardagi sun'iy inshootlarni qurish, qayta qurish va ta'mirlash ishlari uchun zarur bo'ladigan yo'l qurilish materiallarini yetkazib berish bo'yicha tegishli choralar ko'rildi.

Kompaniya tomonidan 2014 yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini yaratish dasturi parametrlariga muvofiq 180 ta yangi ish o'rinlari ochilishi ko'zda tutilgan. Amalda esa kompaniya tizimidagi korxonalarda ishlovchilar soni yil boshiga nisbatan 889 taga o'sdi.

2013 yilda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida va uning tarkibidagi sun'iy inshoatlarda (jami 145 ta ob'ekt) tabiiy ofat tufayli yuzaga kelgan turli darajadagi buzulishlarni tiklash bo'yicha 59 ta ob'ektda 13,2 mlrd so'mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, ob'ektlar o'rnatilgan tartibda qayta foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda yana 41 ta ob'ekt bo'yicha Respublika yo'l jamg'armasining mazkur maqsadlar uchun zahira mablag'lari hisobidan manzil ro'yxatlari shakllantirilib, ob'ektlarda qurilish-montaj ishlari reja asosida bosh pudratchi korxonalar tomonidan davom ettirilmoqda.

Joriy yilda sanoat va ishlab chiqarish bazalari modernizatsiya qilish ishlari uchun 35 mlrd. so'm mablag' ajratilib, modernizatsiya qilish ob'ektlari hamda ularni amalga oshirish bo'yicha bosh pudratchi tashkilotlar ro'yxati tasdiqlangan va shu asosda tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali