Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvining 2015 yil 1-chorak yakunlari bo'yicha yig'ilishi

10496 28-Avgust, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 27 Kb)


2015 yilning 2 may kuni "O'zavtoyo'l" DAK majlislar zalida kompaniya boshqaruvining 2015 yil 1-chorak yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tarkibidagi hududiy bo'linmalar, kompaniyaga bo'ysunuvchi sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.Yig'ilishni kompaniya boshqaruv raisi A.Abduvaliev boshqardi.

    Yig'ilish avvalida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan - 2015 yilning 16 yanvarida, Vazirlar Mahkamasining yil yakunlariga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishida belgilab berilgan – O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish dasturidagi ustuvor yo'nalishlarning ijrosi masalasi ko'rib chiqildi. Shuningdek, joriy yilning 1-choragida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga qaratilgan, 2015 yil 24 aprelda bo'lib o'tgan Vazirlar Mahkamasi yig'ilishida ko'tarilgan masalalar ham diqqat markazida bo'ldi.

Yig'ilishda ta'kidlanganidek, 2015 yilning I choragi davomida umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarida jami 234,1 mlrd. so'mlik  yo'l qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarilgan bo'lib, bu o'tgan 2014 yilning shu davriga nisbatan 132% ni tashkil etadi.

Investitsiya dasturiga muvofiq 2015 yilda 141,6 km uzunlikdagi umumiy foydalanishda bo'lgan avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari belgilangan. Tuzilgan shartnoma va tasdiqlangan rejaga muvofiq I chorak yakunlari bo'yicha 5 km uzunlikdagi avtomobil yo'llarini rekonstruktsiya qilish ishlari belgilangan bo'lib, amalda 10 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida hamda shahar ko'chalarida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan yo'llarni mukammal ta'mirlashda 18,7 mlrd. so'mlik ishlar amalga oshirildi. 4,4 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari ta'mirlandi.

42654 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo'yicha 2015 yilning I choragida 153,7 mlrd.so'mlik mablag' o'zlashtirildi.

Yig'ilish davomida yangi ish o'rinlari yaratish, ijro intizomiga rioya qilish va bu boradagi hukumat topshiriqlarini o'z vaqtida bajarish kabi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

     Boshqaruv yig'ilishi yakunida ko'rilgan masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali