Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" vakillari Xitoyda tajriba almashishdi

11396 10-Fevral, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 24 Kb)


Ma'lumki, Xitoydagi avtomobil yo'llari va ko'priklar jahondagi eng namunaviy yo'llardan hisoblanadi. Sohadagi yutuqlar nuqtai nazaridan, bu davlat bilan tajriba almashadigan jihatlar ko'p. Joriy yilning 20-27 yanvar kunlari kompaniya tarkibidagi korxonalar vakillaridan iborat bir guruh o'zbekistonlik yo'lsozlar Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida bo'lib, tajriba almashishdi.

O'z tashriflari davomida mutaxassislarimiz Xitoyning "Hargan Engineering", "China Railway Tunnel Overseas Engineering", "Shanghai Sanme Mining Machinery" kabi va boshqa - aynan yo'lsozlik va ko'priksozlikka ixtisoslashgan yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashib, o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishdi. Bu boradagi Xitoyda yo'lga qo'yilgan ish bilan yaqindan tanishildi.

Safar davomida bo'lib o'tgan birgalikdagi nazariy va amaliy mashg'ulotlar hamda olingan taasurotlar mutaxassislarimizga O'zbekistonda avtomobil yo'llari, ko'p qavatli yo'l o'tkazgich va ko'priklar qurilishi hamda takomillashtirilishida o'z samarasini berishi shubhasiz. 

 

"O'zavtoyo'l" DAK Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali