O'zbekiston delegatsiyasi Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferentsiya ishida ishtirok etmoqda
O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015 yilning
30 noyabrida Parij shahrida ish boshlagan BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy
konventsiyasining (IO'DK) 21-konferentsiyasida ishtirok etmoqda. Tadbir Frantsiya
hukumati va IO'DK Kotibiyati tomonidan o'tkazilmoqda va uning ishida BMTga a'zo
mamlakatlarning rasmiy delegatsiyalari, xalqaro birlashmalar, davlat va nohukumat
tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
O'zbekiston 1993 yildan buyon 1992 yil Rio-de-Janeyroda
qabul qilingan IO'DK ishtirokchisi hisoblanadi va doiraviy konventsiyaning Kioto
protokoliga 1999 yilda qo'shilgan.