Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Oʻzbekiston Prezidenti Hindistonga keldi

5483 18-Yanvar, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 17 yanvar kuni amaliy tashrif bilan Hindistonning Ahmadobod shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini Ahmadobod xalqaro aeroportida Hindiston Respublikasi rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.

Prezidentimiz 18 yanvar kuni Gujarat shtati markazi Gandinagar shahrida "Joʻshqin Gujarat – 2019" IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etadi.

Avval xabar qilinganidek, Prezidentimiz sammit yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi. Shuningdek, Bosh vazir Narendra Modi bilan Oʻzbekiston – Hindiston hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazadi.

Bosh vazir Narendra Modi tashabbusi bilan Gandinagar shahrida 2003 yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan "Joʻshqin Gujarat" sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro tashkilot va transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, yetakchi tahlilchilar, ekspertlar qatnashadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Joʻshqin Gujarat – 2019" xalqaro investitsiya sammitida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan asosiy mehmon sifatida ishtirok etadi.

Anʼanaga koʻra, global iqtisodiyotni rivojlantirish, savdo sohasidagi sheriklikni kengaytirish, investitsiyalar jalb qilish, ilgʻor texnologiyalar va bilimlar almashishga doir dolzarb masalalar forum ishtirokchilari diqqat markazida boʻladi.

OʻzA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali