Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

O'zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

6695 9-Noyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 26 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenkoni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, joriy yilda bo'lib o'tgan oliy darajadagi samarali uchrashuvlar va ularning yakunlari bo'yicha erishilgan kelishuvlar, jumladan, aprel oyida imzolangan ikki mamlakat mintaqalari o'rtasida hamkorlik to'g'risida hukumatlararo bitim O'zbekiston Respublikasi hududlari va Rossiya Federatsiyasi subyektlarining amaliy hamkorligini, avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni faollashtirishga xizmat qilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Uchrashuvda O'zbekiston va Sankt-Peterburg shahri o'rtasidagi an'anaviy yaqin va o'zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi. 

Bugungi kunda o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 200 million dollarni tashkil qilmoqda. Sankt-Peterburg shahrida 1 millionga yaqin yurtdoshimiz mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Shaharning yetakchi oliy o'quv yurtlarida 3 mingdan ziyod yoshlarimiz ta'lim olmoqda. 

O'zaro savdo hajmini oshirish va yetakchi korxonalar o'rtasida kooperatsiyani kengaytirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi. 

Sog'liqni saqlash, ta'lim va turizm sohalarida qo'shma dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi. 

Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenko Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. O'zbekiston bilan ustuvor yo'nalishlarda keng ko'lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi. 

O'zA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali