Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to'g'risida axborot

13129 9-Mart, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 21 Kb)


2016-yil 9-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo'lib o'tdi. 

Kengash O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisini shu yilning 31-mart kuni Toshkent shahrida chaqirish to'g'risida qaror qabul qildi. 

Senatning yalpi majlisida mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini izchil isloh qilishga hamda liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunlar, shu jumladan, "Parlament nazorati to'g'risida"gi, "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi (yangi tahriri), ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi qonunlar, mamlakatning ayrim idoralari va muassasalari hisobotlari, shuningdek, Senatning prokuratura organlari faoliyatini nazorat qiluvchi komissiyasi tarkibi to'g'risidagi masala ko'rib chiqiladi. 

Majlisda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi. 

Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

O'zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senatining 
Axborot xizmati 

Havola: http://uza.uz/uz/society/o-zbekiston-r--espublikasi-oliy-majlisi-senati-kengashining-ma-09-03-2016

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali